calendar 15 Jul 12:03
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

2,3 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

image

Namanganda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln so‘mlik (2 mln 128 ming kVt•soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida joylashgan “Bahovuddin Naqshband” yodgorlik majmuasiga hisoblangan qo‘shimcha to‘lov yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
43
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

29 Jul 14:33
 
50
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimi vazirlik vakolatini o‘z bo‘yniga oldimi?

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorov Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqini, ochilganiga 9 kun bo‘lgan, “Garden Catering Trade” korxonasi direktori Bozorov Iqboljon Habibullayevichga topshirdi. “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra, bog‘chalarga oz

20 Jul 19:38
 
74
0
xs.uz

21-iyul kuni harorat 41 darajani tashkil qiladi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +36...+38 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +

27 Jul 16:24
 
70
0
xs.uz

Fargʻonadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Fargʻona viloyatida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berd.Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 26-iyul kuni soat 14:30 larda Qoʻshtepa tumanida yuz bergan. Oʻsha kuni 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E. 'VAZ-2106' avtomobilida 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 228 kilometrida qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi 'Cobalt' avtomobiliga yo