calendar 27 Jul 16:24
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

image
Fargʻona viloyatida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berd.

Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 26-iyul kuni soat 14:30 larda Qoʻshtepa tumanida yuz bergan. Oʻsha kuni 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E. 'VAZ-2106' avtomobilida 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 228 kilometrida qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi 'Cobalt' avtomobiliga yoʻl bermay, qayrilishi tufayli YTH sodir boʻlgan.

Oqibatda 'VAZ-2103' avtomobil haydovchisi N.E. tan jarohati bilan Qoʻshtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Koʻrsatilgan yordamga qaramasdan haydovchi shifoxonada vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida sodir boʻlgan YTHda boʻlajak kelin-kuyov vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
57
0
qalampir.uz

Xorijiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyevni qutlamoqda

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni. Mirziyoyev 67 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezident Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Re

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

22 Jul 11:47
 
58
0
qalampir.uz

Ertaga havo harorati 41 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zgirdomet ertaga, 22 iyul kuni uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikd

24 Aug 17:26
 
14
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi hududlarning master rejalari ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab ch