calendar 26 Jul 10:20
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorijiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyevni qutlamoqda

image

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni. Mirziyoyev 67 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezident Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovdan qutlov maktublari keldi. 

Shuningdek, Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Belarusdan Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston rahbariga telefon qilib, uni tavallud ayyomi bilan qutlagan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 23:23
 
67
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yarim yilda qancha fuqaro ozodlikdan mahrum qilingani ochiqlandi

Maʼlum qilinishicha, shu davrda 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 516 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 26 028 nafari erkak, 3 354 nafari ayol, 11 145 nafari yoshlar (shu jumladan 1 068 nafari voyaga yetmagan) va 1 105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.Shuningdek, 3 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum

26 Jul 10:21
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

12 Jul 09:55
 
75
0
qalampir.uz

Do‘konlarda kannabis ta’mli energetik ichimlik sotila boshladimi? Sanepidemqo‘mita izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi do‘konlarda qutisida “noodatiy” rasmi bor va kannabis ta’mli energetik ichimlik sotila boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, Chexiyada ishlab chiqarilgan hamda O‘zbekistonga olib kelingan 330 millilitrli energetik ichimligiga sanitariya-gigiyenik, bakteriologik, parazitologik va radiologik tekshiruvlarda

15 Jul 12:03
 
95
0
xs.uz

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi

'Qamchiq' dovonida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda 'Qamchiqavtoyoʻl' xabar berdi.Qayd etilishicha, kecha, 14-iyul kuni soat 18:00 da Guliston'Boʻka'Angren'Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh avtomobil yoʻlida Toshkent'Vodiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 'Isuzu' rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi temir toʻsiqqa urilgan va transport vositasida yongʻin sodir boʻlgan.Foto: 'Qamchiqavtoyoʻl'Maʼlum qilinis