calendar 22 Jul 11:47
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ertaga havo harorati 41 darajagacha issiq bo‘ladi

image

O‘zgirdomet ertaga, 22 iyul kuni uchun ob-havo prognozlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Shuningdek, Qashqadryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41daraja issiq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari – Andijon, Namangan va Farg‘onada havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qachon anomal issiq bo‘lishi haqida prognozlar ochiqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Dushanbeda qabul qilingan bitim Oʻzbekistonda ratifikatsiya qilinishi mumkin

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2023-yil 14-sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu bitimni tuzish tashabbusi 2022-yil 21-iyulda Choʻlpon-Otada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlat r

14 Aug 06:37
 
17
0
xs.uz

Imtiyozli temiryoʻl chiptasini bekatga bormay sotib olish mumkin boʻladi – Qonun loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan temir yoʻl transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 'Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.'Qonun loyihasi bilan, sogʻlom raqobat muhitini yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, temir yoʻl transportini monopoliyadan c

28 Jul 10:44
 
98
0
qalampir.uz

Xorazmda ona 2 yashar qizini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot tumanida ayol eriga jahl qilib o‘z farzandini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 26 iyul kuni sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan B.K. ismli ayol shar’iy turmush o‘rtog‘i S.J. bilan tortishgan va unga jahl qilib, 2022 yilda tug‘ilgan qizini uxlab yotgan joyida haqoratlagan. Shundan so‘ng, ayol bolani urgan va tasvirga olib, videoni otasi S.J.g

19 Jul 16:30
 
54
0
xs.uz

“Qalʼai Sheron”dan fotoreportaj

Daraga kelish uchun hech bir ulov yura olmaydigan togʻ choʻqqilari osha kamida 5-6 soatlik yoʻlni piyoda bosib oʻtish lozim. Shundan soʻng uzunligi qariyb 15 kilometrni tashkil qiladigan ulkan dara namoyon boʻladi.Daraning haybati bilan bir qatorda, bu yerdagi turli buloqlar, sharsharalar, nabotot olami kishini oʻziga maftun etadi. Xususan, daradagi 'Baytal dumi' va 'Hoʻkiz burun' sharsharalari juda mashhur.Mahalliy aholi 'Baytal dumi' deb ataydigan sharshara 200 metr balandlikdagi qoyad