calendar 14 Aug 06:37
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Imtiyozli temiryoʻl chiptasini bekatga bormay sotib olish mumkin boʻladi – Qonun loyihasi

image


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan temir yoʻl transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 'Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

'Qonun loyihasi bilan, sogʻlom raqobat muhitini yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish maqsadida tashuvchi va vagonlar, (konteynerlar) operatori huquq va majburiyatlari belgilab berilmoqda', deyiladi xabarda.

Mazkur qonun loyihasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularni yoʻlovchi poyezdlarda yurish imkoniyatini yaratish maqsadida temir yoʻl transportida yoʻlovchilarning imtiyozli yurishi, huquq va majburiyatlari ham belgilanmoqda. Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar chiptalarni imtiyoz bilan onlayn xarid qilishlari mumkin boʻladi. Qayd etish kerakki, avval imtiyozli chiptalarni sotib olish uchun fuqarolar kassaga borishlari zarur edi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu qonun loyihasi bilan temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikning huquqiy asoslarini yaratish, investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish hamda yoʻlovchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash imkoniyatlarini oshirishda nodavlat sektori ishtirokini ragʻbatlantirish maqsadida temir yoʻlda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.

Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari davlat tasarrufida qoldiriladi, shunga qaramasdan, vokzallar va vagonlar davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida qurish, modernizatsiya qilish va boshqarish uchun xususiy sherikka berilishi mumkin boʻladi.

Majlisda 'fuqarolarning temir yoʻl transportida harakatlanishida sifat darajasini oshirish, narxni tushirish, yoʻlovchi va yuklarni xavfsiz tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, temir yoʻl transporti hamda xalqaro tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish' ushbu qonundan oʻrin oladi.

Avvalroq, Bosh prokurorning iltimosnomasiga binoan xorijiy davlat sudining qarorini tan olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
33
0
xs.uz

25-avgust kuni harorat biroz pasayadi

'Oʻzgidromet' 25-avgust, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 da

19 Jul 19:06
 
61
0
xs.uz

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

2025-yil 1-yanvardan:2024-yil 1-oktyabrdan:Shuningdek, ijtimoiy inspeksiya nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay muhit va toʻsiqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.

27 Jul 16:24
 
71
0
xs.uz

Fargʻonadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Fargʻona viloyatida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berd.Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 26-iyul kuni soat 14:30 larda Qoʻshtepa tumanida yuz bergan. Oʻsha kuni 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E. 'VAZ-2106' avtomobilida 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 228 kilometrida qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi 'Cobalt' avtomobiliga yo

29 Jul 14:15
 
58
0
qalampir.uz

Test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent shahrida OTMga kirishda topshiriladigan test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs 23 yoshli J.I.ning ishonchiga kirib, Toshkentdagi oliygohlarning biridagi test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini topib berishni va’da qilgan. Jabrlanuvchi uning hisob raqamiga 885 096 so‘m o‘tkazgan. Shundan keyin, u umuman aloqa