Daraning haybati bilan bir qatorda, bu yerdagi turli buloqlar, sharsharalar, nabotot olami kishini oʻziga maftun etadi. Xususan, daradagi 'Baytal dumi' va 'Hoʻkiz burun' sharsharalari juda mashhur.
Mahalliy aholi 'Baytal dumi' deb ataydigan sharshara 200 metr balandlikdagi qoyadan otilib tushadi. Sharsharaning bunday nomlanishiga asos bor. Chunki, tepalikdan tushayotgan son-sanoqsiz suv zarralari shamolda ot dumining hilpirashiga oʻxshash manzara hosil qiladi.
'Hoʻkiz burun' sharsharasi yanada fusunkor. 35 metr balandlikdagi tik qoyaning hoʻkiz burniga oʻxshovchi ikkita tirqishidan otilib chiqayotgan mazkur sharshara koʻrinishiga monand 'Hoʻkizburun' deb ataladi.
Sharsharadan otilib tushayotgan suv mavjlanib, kamalaksimon tovlanadi va turfa tusda olis-olislardan koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Uni bir bor koʻrgan odam yana chiroyidan, taʼmi yoqimli suvidan bahra olgisi kelaveradi.
Biz 'Qalʼai Sheron'ning moʻjizakor tabiatini fotokameramizga muhrlashga harakat qildik.
“Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
'Xalq soʻzi' va 'Народное слово' gazetalari tahririyati tomonidan 2024-yil boshida eʼlon qilingan 'Eng yaxshi maqolalar' tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.Tanlov shartlarida gʻoliblarni yil yakuni boʻyicha aniqlash hamda ularni munosib taqdirlash koʻzda tutilganligini inobat olib, hakamlar hayʼati tomonidan 'Xalq soʻzi' va 'Народное слово' gazetalarida bugungi kungacha chop etilgan ijodiy materiallar koʻrib chiqildi va ular orasidan mamlakatimizda turli sohalarda
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga xizmat qiladigan qonun ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qilindi. Mamlakatimizda alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga, alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi sohasidagi davlat nazoratini ta'minlashga qaratilgan tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, Bosh prokurat
Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m
Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov
Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari bu haqda oʻzining 'Telegram' kanalida yozib qoldirgan.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin', ' deydi deputat.Bundan tashqari, partiya ra