calendar 26 Jul 11:39
eye 90
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘ona tumanida sel ko‘chalarni qum-shag‘al bilan to‘ldirdi

image

Kecha, 25 iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududida sel oqimlari kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Jala yomg‘ir va do‘l yog‘ib o‘tishi oqibatida Farg‘ona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m 3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida 4-5 m 3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan.

Shuningdek, Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m 3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Bildirilishicha, hozirda FVV xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borilmoqda. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 01:38
 
113
0
xs.uz

Eng oxirgi “Chevrolet Lacetti” konveyerdan chiqdi

Asakadagi avtomobil zavodida eng oxirgi 'Chevrolet Lacetti' rusumli avtomashina ishlab chiqarildi. Bu haqda 'UzAuto Motors' AJ axborot xizmati maʼlum qildi.Qayd etilishicha, mazkur avtomobil endilikda korxona tarixidagi soʻnggi 'Lacetti' ('Gentra') sifatida yodda qoladi. Manbaga koʻra, zavodda shu kunga qadar jami 487 ming 104 ta shunday avtomobil ishlab chiqarilgan.'Chevrolet Lacetti' ishlab chiqarish 2013-yilda boshlangan. Dastlab yiliga 11 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

22 Jul 16:23
 
46
0
xs.uz

Toshkentda “Mayning ferma” davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Xabar qilinishicha, Departamentning Qibray tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Guliston' MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. oʻz uyida 8 ta toʻplamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 milliard soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.Shu kabi yana bir holat Yuqorichirchiq tumanida sodir boʻlgan. F

11 Aug 03:44
 
26
0
xs.uz

Dushanbeda qabul qilingan bitim Oʻzbekistonda ratifikatsiya qilinishi mumkin

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2023-yil 14-sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu bitimni tuzish tashabbusi 2022-yil 21-iyulda Choʻlpon-Otada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlat r