calendar 11 Aug 03:44
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Dushanbeda qabul qilingan bitim Oʻzbekistonda ratifikatsiya qilinishi mumkin

image
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2023-yil 14-sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu bitimni tuzish tashabbusi 2022-yil 21-iyulda Choʻlpon-Otada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining IV maslahat uchrashuvida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.

'Bitim ' mintaqa yoshlarini birlashtirish va oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yoʻlidagi muhim hujjat hisoblanadi', deyiladi xabarda.

Mazkur Bitim Markaziy Osiyo davlatlarida davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga hamda tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Bitimning asosiy yoʻnalishlari sifatida yoshlarni Markaziy Osiyo davlatlarining ijtimoiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotiga jalb qilish, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirish, sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan turli dasturlarni ishlab chiqish, taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi yoshlar oʻrtasida ochiq va sifatli taʼlim olishni taʼminlash kabi bir qator yoʻnalishlarni qamrab olgan.

Shuningdek, bitimni ratifikatsiya qilish orqali isteʼdodli, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida ixtiyoriy (volontyorlik) harakati faoliyatini ragʻbatlantirish va targʻib qilish, Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim yoshlar turizmini rivojlantirishga koʻmaklashish va yoshlar auditoriyasi uchun moʻljallangan turizm infratuzilmasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash kabi imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanish mumkin boʻladi.

Avvalroq, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Tashabbusli byudjet' doirasida bir mahalla qayta-qayta gʻolib deb topilmasligi muhokama qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi

Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutu

26 Aug 12:29
 
16
0
xs.uz

“Chorsu” bozoridagi kiyim doʻkonida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 'Chorsu' bozorida yana yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar FVBga Shayxontohur tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan doʻkonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, alanga soat 21:06 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida kiy

20 Jul 20:05
 
100
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida sudlanganlardan biri vafot etdi (video)

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida 8 yil-u 2 oyga qamalgan Shukurali Qurbonov vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Kecha, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida mazkur ish doirasida sudlanganlarga hukm o‘qilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, 60 yoshli Shukurali Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, &ldquo

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan. Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harak