calendar 08 Sep 16:44
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi

image


Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 'Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Bundan tashqari 'Raqobat toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgartirish kiritilib, unga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya subyektlari jumlasiga kiritilsa, oʻsha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

'Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qoʻllanilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilishayotgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 11:27
 
57
0
xs.uz

Qarshidagi televizor zavodida yirik yongʻin sodir boʻldi

Maʼlum qilinishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 18.00 larda Qarshi shahar FVBga 'ALP TEXNO SERVIS' xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat taxminan 20:10 larda toʻliq oʻchirilgan.Yongʻin oqibatida MCHJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar koʻrgan. Oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natij

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 larda tumandagi “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 891-892-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N o‘zining La

03 Sep 21:34
 
10
0
xs.uz

Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 'Nexia-3' toʻxtab turgan 'Damas'ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. 'Nexia-3' avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan 'Damas' bilan toʻqnashganYTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib,

23 Jul 09:43
 
58
0
xs.uz

22 yoshli “Pablo Eskobar” qoʻlga tushdi. U Toshkentda 1 milliard soʻmlik sintetik narkotikni sotmoqchi boʻlgan

Toshkent tumanida oʻtkazilgan reydlar davomida 2002-yilda tugʻilgan fuqaroning mashinasidan taxminiy narxi 1 milliard soʻm boʻlgan 1,4 kilogramm mefedron sintetik giyohvand moddasi topilgan. Qayd etilishicha, 22 yoshli fuqaro ushbu moddalarni sotish maqsadida saqlab kelgan.IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 15-iyul kuni IIB va DXX xodimlari fuqaro A.T.ning 'Tracker' avtomashinasida vazni 1 kilogramm 433 gramm boʻlgan mefedron sintetik giyohvandlik vositasini aniqlab, ayblanuvchini