calendar 26 Jul 10:20
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi.

Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqibatida 65 yoshli M.I. ismli ayol turli xil tan jarohatlari olgan. Holat  yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatining og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

QALAMPIR.UZ'ning boshqa bir manbasiga ko‘ra, ayol Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan biridagi hokim yordamchisining onasi bo‘lgan. Hozirda hokim yordamchisi ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ayol nogiron onasini kaltaklagani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
40
0
qalampir.uz

13 yoshli qizni o‘ldirishda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 13 yashar qizni o‘ldirib, qochib ketganlikda gumon qilinayotgan erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasi Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda. Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doyrang, ozg‘indan ke

15 Jul 12:03
 
197
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumanida olib borilgan tadbirlarda 'Qaratau' nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Anhorli' mahallasida yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan.Ushbu

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

11 Jul 15:10
 
113
0
qalampir.uz

Prezident samolyoti Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun, 11 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumki, joriy yil mart oyida Qo‘qon aeroporti yangidan ochilgan. Bugun O‘zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi. Mazkur aeroport 1977 yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalani