calendar 17 Jul 12:47
eye 95
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million dollar kredit oldi

image

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilash uchun 100 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda onalar o‘limi 2010 yilda har 100 000 tirik tug‘ilgan chaqaloq ichida 38 o‘lim kuzatilgan bo‘lsa, 2020 yilda onalar o‘limi qisqarib, har 100 000 tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 30 o‘lim to‘g‘ri kelgan. Ammo hali ham ushbu statistika Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.  

Shu boisdan, OTB hukumatga butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy energiyani tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan tibbiy standartlar va protokollar bilan ta’minlash, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish va sifatni ta’minlash mexanizmlarini yaxshilashga yordam beradi.

“OTB ko‘magi, homilador ayollar va onalarni tibbiy xizmatlarni olish uchun murojaat qilishga undash uchun akusherlar va hamshiralarni o‘qitishga yordam beradi”, deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya.

Eslatib o‘tamiz,  oldinroq OTB O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish uchun imtiyozli qarz bergani haqida habar bergan edik. 2021 yil 7 oktyabrda Osiyo taraqqiyot banki Direktorlari kengashi tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida O‘zbekistonga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan $100 mln miqdorida qarz ajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

O‘ralova  Charos


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 17:47
 
46
0
xs.uz

Ozodbek Nazarbekov emas, kiyim doʻkoni reklama qonunchiligini buzgan – Raqobat qoʻmitasi

Qayd etilishicha, qoʻmita oʻrganish ishlarini yakunladi.Unga koʻra, 'KINGSMAN UZBEKISTAN' brendi ostida faoliyat koʻrsatuvchi 'Boutique' MCHJ 'Reklama toʻgʻrisidagi' qonunning 16-moddasini, yaʼni reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan maʼqullanganligini koʻrsatish boʻyicha taqiq talablarini buzgan deb topildi.Natijada, ushbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi va qonunbuzilishi holatini bart

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

26 Jul 18:44
 
78
0
xs.uz

27-iyul kuni ham harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-27html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 40-42html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi j

11 Aug 03:43
 
25
0
xs.uz

Prezident Parij Olimpiadasi chempionlari Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medallarni qoʻlga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulugʻbek Rashitov va bokschi Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari sportchilarni qizgʻin tabriklab, terma jamoamiz tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qoʻlga kiritilgani Oʻzbekiston sporti uchun tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan qayd