calendar 11 Aug 03:43
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Parij Olimpiadasi chempionlari Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi

image
Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medallarni qoʻlga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulugʻbek Rashitov va bokschi Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari sportchilarni qizgʻin tabriklab, terma jamoamiz tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qoʻlga kiritilgani Oʻzbekiston sporti uchun tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Yigitlarimizning dadil va ishonchli chiqishlari, yuksak mahorati va mardligi chinakam qahramonlik namunasi boʻlgani, Yangi Oʻzbekistonning yoshlari nimalarga qodir ekanini koʻrsatgani, xalqimizga ulkan kuch va gʻurur bagʻishlaganini taʼkidladi. Murabbiylari, ota-onasi va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.

Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatov alohida eʼtibor va yuksak ishonch, sportchilarga barcha sharoitlar yaratilgani uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor etib, gʻalabalarini Yangi Oʻzbekistonga bagʻishlashlarini aytdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
14
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha