calendar 26 Jul 10:20
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

image

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlangan. U kripto-aktivni Telegram-messenjeriga yig‘gan va 20.000 dona notkoinni 150 AQSH dollari evaziga sotgan.

Sud qaroriga ko‘ra, yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-4-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, G‘.Yo.dan bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya’ni 510.000 so‘m undirilishi belgilandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan bir dona telefon apparati tegishli tartibda yo‘q qilinishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda notkoin sotgan 19 yoshli yigit 7 sutkaga qamalgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
47
0
xs.uz

Oʻzbekiston qamoqxonalarida tovar xarid qilish uchun infokiosklar oʻrnatiladi

Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining mulki, bino va inshootlarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Ijara shartnomasini tuzish huquqini qoʻlga kiritish uchun onlayn-auksion 'E-auksion' platformasi orqali amalga oshiriladi. Ijara shartnomasi 'Online-ijara.uz' tizimida roʻyxatga olinadi. Shuningdek, Jazoni ijro etish muassasalariga Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan

26 Jul 10:20
 
31
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasd

18 Jul 21:47
 
68
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov rafiqalari bilan birga konsertda ishtirok etdilar

Ikki mamlakat sanʼat ustalarining ushbu konserti chuqur tarixiy ildizlar bilan bogʻlangan, dini bir, qadriyat va anʼanalari mushtarak oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi ifodasi boʻldi.Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining irodasi va saʼy-harakatlari tufayli qardosh xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar esa keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.Isteʼdodli sanʼatkorlar ijro etgan kuy-qoʻshiqlarda xalqlarimiz madaniyatining b

17 Jul 10:51
 
89
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi

Tahlillar koʻrsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaydi, sanoat ' 7,8 foizga, qurilish ' 10,1 foizga, xizmatlar ' 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi ' 3,8 foizga oʻsdi.Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʻmga yetib, 14 foizga oʻsdi.Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga yetdi. Bu ' oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion soʻmga koʻp.Birinchi yarim yillikda jami kapital quyilmalar 229