calendar 29 Jul 14:33
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘ona hokimi vazirlik vakolatini o‘z bo‘yniga oldimi?

image

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorov Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqini, ochilganiga 9 kun bo‘lgan, “Garden Catering Trade” korxonasi direktori Bozorov Iqboljon Habibullayevichga topshirdi.

“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra, bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazishni belgilash bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish vakolati Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga tegishli.

Qarorga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish autsorsing (tashqi resursdan foydalanish) usuli asosida amalga oshiriladi.

“Belgilansinki, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga ko‘ra tashkil qilinadi”, deyilgan hujjatda.

Ammo joriy yilning 25 iyul kuni Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni keytering (tayyor ovqat yetkazib berish) usulida ovqatlantirish tanlov yoki tender o‘tkazmasdan “Garden Catering Trade” korxonasiga o‘tkazib berildi.

Farg‘ona viloyat hokimi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyevning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, Hayrullo Bozorovning qarori noqonuniy emas. 

“O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha keyteriy tizimining ma’lum bir tartibi yo‘q. Asosan, autsorsing usulida ovqat yetkazib berishning ma’lum tartiblari belgilangan bo‘lib, bunday korxonalar soni juda ko‘p. Keyteriy tizimi asosida davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga ovqat yetkazib berish birgina Toshkent viloyatida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan va Farg‘onada ham 5 oylik tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda. Chunki faqat Farg‘onada emas, boshqa viloyatlarda ham keyteriy-oshxona korxonasi umuman yo‘q”, dedi u.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ovqat yetkazib berishning autsorsing usulidan keytering usuliga o‘tkazilishiga bog‘chalarga yetkazib berilayotgan taomlarning yoki oziq-ovqat mahsulotlarining sifatsizligi sabab bo‘lgan.

“Viloyat hokimligi tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilganda oziq-ovqat mahsulotlarining talon-toroj qilingani, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinmagani, sifatsiz mahsulotlar yetkazib berilgani holatlari kuzatildi. Shulardan kelib chiqqan holda viloyatdagi yagona keytering korxonasiga mazkur vakolat berildi. Korxona  autsorsing asosida oziq-ovqat bilan ta’minlanmaydigan bog‘chalarni tayyor ovqat bilan ta’minlaydi va 5 oylik tajriba-sinovdan so‘ng hisob-kitob qilinadi. U yerda 12 nafar turk oshpazlari, shuningdek, 2 nafar oziq-ovqat texnologi faoliyat yuritadi”, dedi Jumaboyev.

Shuningdek, u korxona rahbari va viloyat hokimi o‘rtasida qarindoshlik aloqalari bor-yo‘qligi haqidagi savolimizga  “yo‘q” deya javob berdi. Uning aytishicha, ular shunchaki familiyadosh.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyati Quvasoy tumanidagi “Garden Catering Trade” korxonasi shu yilning 16 iyul kuni o‘z ish faoliyatini boshlagan. Uning ochilish marosimiga esa shaxsan viloyat hokimi Hayrullo Bozorov tashrif buyurib, korxona  faoliyati bilan tanishgan. Oradan 9 kun o‘tar-o‘tmas korxonaga butun boshli tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi berilgan.

Hulkar Murtazoyeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

21 Jul 21:56
 
78
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 22-iyul kuni havo harorati 41 darajaga koʻtarilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat ke

27 Jul 14:51
 
56
0
qalampir.uz

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Joriy yilning 25 iyul kuni OTMlarga imtihon topshirish yakunlanib,  endilikda Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi.  Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024 yil 27 iyuldan 10 avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

“Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston”

Oʻzbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeyi, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar boʻyicha ilgari surayotgan koʻplab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.Muallifning koʻp yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli boʻlgan kitob qu