calendar 26 Jul 10:21
eye 49
comments 0
comments Manba: xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

image
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.

'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli yot qarashlar, gʻoyalar, hissiyotlar singdirilmoqda. Taʼkidlash kerakki, tadbir tashkilotchilari tomonidan goʻyoki maʼrifiy deb hisoblanadigan koʻp sonli yigʻinlar, uchrashuvlar, oʻquv va suhbatlar maxsus bilim va tajribaga ega boʻlmagan, asosiy maqsadi yolgʻon yoʻli bilan pul ishlash boʻlgan soxta trenerlar va lektorlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda', degan maʼruzachi OʻzLiDeP deputati Shahnoza Xolmahamatova.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday tadbirlarda koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik, huquqbuzarliklar targʻib qilinib, tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilish holatlari koʻpaymoqda.

Deputat hozirda bunday faoliyatni toʻxtatish, taqiqlash yoki tartibga solishning iloji yoʻqligini taʼkidladi. Chunki amaldagi qonunchilikda maʼruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon va davra suhbati tarzida oʻtkaziladigan faoliyat turlari aks ettirilmagan.

Deputatlar birinchi qoidabuzarlik uchun qanday jarima nazarda tutilganini eʼlon qilishmadi, biroq takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jismoniy shaxslar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 million soʻmdan 5,1 million soʻmgacha), mansabdor shaxslar esa BHMning 15 baravaridan 20 baravargacha (5,1 mln soʻmdan 6,8 mln soʻmgacha) jarimaga tortiladi.

Avvalroq, endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerakligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 18:27
 
50
0
xs.uz

Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha nechta yoʻlovchi tashilmoqda?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar'iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.2023-yil yanvar'iyun oylariga nisbatan bu koʻrsatkich 277,1 ming yoʻlovchiga oshgan.

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi

Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini ('Oʻzenergoinspeksiya') Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:'Oʻzenergoinspeksiya'ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini

26 Jul 10:20
 
57
0
qalampir.uz

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan qu