calendar 27 Jul 14:51
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

image

Joriy yilning 25 iyul kuni OTMlarga imtihon topshirish yakunlanib,  endilikda Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi.  Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024 yil 27 iyuldan 10 avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash imkoniyati mavjud.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:34
 
9
0
xs.uz

Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 'Nexia-3' toʻxtab turgan 'Damas'ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. 'Nexia-3' avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan 'Damas' bilan toʻqnashganYTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib,

20 Jul 17:35
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada harakatdagi mashinadan sakragan yigitni boshqa mashina bosib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarida yurib ketayotgan avtomashinadan tushib ketgan yigitni boshqa mashina bosib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 16-iyul kuni Fargʻona shahar Qirguli mavzesi Shifokorlar koʻchasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi 'Damas' rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning

26 Jul 16:11
 
79
0
qalampir.uz

Deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilandi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi. Ya’ni, saylanadigan har besh nafar nomzodning 2 nafari ayol kishi bo‘lishi kerak. Shuningdek, deputatlikk

23 Jul 09:43
 
58
0
xs.uz

22 yoshli “Pablo Eskobar” qoʻlga tushdi. U Toshkentda 1 milliard soʻmlik sintetik narkotikni sotmoqchi boʻlgan

Toshkent tumanida oʻtkazilgan reydlar davomida 2002-yilda tugʻilgan fuqaroning mashinasidan taxminiy narxi 1 milliard soʻm boʻlgan 1,4 kilogramm mefedron sintetik giyohvand moddasi topilgan. Qayd etilishicha, 22 yoshli fuqaro ushbu moddalarni sotish maqsadida saqlab kelgan.IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 15-iyul kuni IIB va DXX xodimlari fuqaro A.T.ning 'Tracker' avtomashinasida vazni 1 kilogramm 433 gramm boʻlgan mefedron sintetik giyohvandlik vositasini aniqlab, ayblanuvchini