calendar 20 Jul 17:35
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada harakatdagi mashinadan sakragan yigitni boshqa mashina bosib ketdi

image
Ijtimoiy tarmoqlarida yurib ketayotgan avtomashinadan tushib ketgan yigitni boshqa mashina bosib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 16-iyul kuni Fargʻona shahar Qirguli mavzesi Shifokorlar koʻchasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi 'Damas' rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning old qismiga kelib urilgan.

Oqibatda D.P. tan jarohati olib, shifoxonaga yotkizilgan, biroq koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
29
0
xs.uz

Namanganda axborot texnologiyalari sohasi yangi bosqichga koʻtarildi

Matbuot anjumanida 'Synergy Hub Academy' xorijiy korxonasi va 'RealSoft Namangan' masʼuliyati cheklangan jamiyatlari loyihalarining taqdimoti oʻtkazildi. Birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining 'Sinergiya' korporatsiyasi Namanganda raqamli kasblar texnikumi tashkil etgani haqida batafsil gap bordi.' Mazkur texnikum Sinergiya universitetining Namanganda amalga oshirayotgan pilot loyihasi boʻlib, axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan kasblarni yoshlarga oʻrgatish maqsad qilingan

19 Aug 07:04
 
15
0
xs.uz

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident 'Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida'gi qonunni imzoladi.Hujjatda taʼkidlanishicha, amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning

19 Aug 07:03
 
13
0
xs.uz

Organizmning barqaror ishlashi qaysi gormonlarga bogʼliq?

Xoʼsh, organizmda qaysi gormon, qanday vazifa bajaradi? Ular faoliyatiga qaysi omillar salbiy taʼsir etishi mumkin?'Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Nozimaxon Nazarova javob berdi.'Inson tanasi murakkab boʼlib, uning barqaror ishlashi koʼp jihatdan gormonlar muvozanatiga bogʼliq. Ular biologik faol moddalar boʼlib, asosan, ichki sekretsiya bezlarida hosil boʼladi va organizm funktsiyalarini ta

22 Jul 13:30
 
61
0
qalampir.uz

Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘anadi. Qurbon bor

Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 iyul kuni soat 06:00 atrofida Nurobod tumanining Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan Nexia-3 haydovchisi uxl