calendar 22 Jul 13:30
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘anadi. Qurbon bor

image

Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 iyul kuni soat 06:00 atrofida Nurobod tumanining Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan Nexia-3 haydovchisi uxlab qolgan. Shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilgan. Oqibatda haydovchi va old o‘rindiqda bo‘lgan shaxs shifoxonaga yotqizilgan.

“Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Sirdaryo viloyatida haydovchi rulda uxlab qolgani oqibatida yengil va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
25
0
xs.uz

Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi

2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi

31 Jan 15:21
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekiston fuqarolari Ozarbayjonga “qizil pasportsiz” kirishi mumkin boʻladi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet elga chiqish pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beruvchi ID-kartalarni oʻzaro tan olish masalasini muhokama qildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari oʻrtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan oʻtish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bagʻishlan

31 Jan 15:20
 
18
0
xs.uz

Namanganda yana bir xalqaro festival oʻtkaziladi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Gullar shahri navbatdagi yirik tadbirga mezbonlik qiladigan boʻldi. Yangi yoʻnalishdagi anjuman ' I Xalqaro Namangan avtofestivali joriy yilning 22-fevralida tashkil etiladi. Viloyat hokimligining ushbu tashabbusi orqali yosh texnik va avto havaskorlarni qoʻllab-quvvatlash, avtomobil tyuningi sanoatini rivojlantirish, ixlosmandlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda avtoturizm sohasiga yangidan-yangi loyihalarni olib kirish maqsad qilingan.Tashkilotch

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar kiritish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Bugun dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, yoshlar orasida turli yot g'oyalar tobora keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda bunday holatlarni o'z vaqtida oldini' olish va ularga barham' berish b