calendar 11 Jul 11:07
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tender yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgan shaxs ushlandi (video)

image

Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i, Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari, Navoiyda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor xodimi, Yangiyerda IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori korrupsiya bilan bog‘liq holatlar yuzasidan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i 2023 yilning may oyidan 2024 yilning may oyiga qadar ushbu korxonada elektr energiyasi oqimini hisobga olish va nazorat qilish muhandisi vazifasida ishlab kelib, savdo faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan MCHJning elektr energiyasidan 202 mln 500 ming so‘mlik qarzdorligini tanishlari orqali hisobdan chiqartirib berish evaziga 90 mln so‘m talab qiladi.

U 2023 yilning iyun-dekabr oylari davomida tadbirkordan jami 78 mln so‘m oladi, ammo va’dasining ustidan chiqa olmasdan, ya’ni qarzdorlikni bazadan o‘chirtira olmasdan, barcha olgan pullaridan dastlabki 3 mln so‘mni uchinchi shaxs orqali qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari o‘zining mansabdor tanishlari orqali Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan “Yangi Namangan shaharchasi”ni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Kosonsoy shahridagi suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyihasini tender savdolarida yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari ushbu noqonuniy ishga aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlangan.

Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor xodimi Karmana tumanida yashovchi fuqaroning plastik kartasidan 62 mln so‘m pul mablag‘ini noqonuniy yechib olgan shaxslarni aniqlab berish evaziga 600 AQSH dollari talab qiladi. 

Bunday holatlarni fosh etish katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsada, u jabrlanuvchidan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda, Yangiyer shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori probatsiya nazoratida turgan, joriy yilning fevral oyida sud hukmiga asosan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxsni jazoni Yangiyer shahrida o‘tamaslik, Toshkent shahrida erkin tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun yordam berish, yashash manzilini tekshirmaslik hamda chora ko‘rmaslik evaziga Yangiyer shahridan 2 xonali uyni sotib olib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘i berishini talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta inspektor 400 AQSH dollari hamda 1 mln 260 ming so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 12:53
 
127
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash vaziriga imkoniyati cheklangan shaxslar boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Qayd etilishicha, asosiy vazifalari nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirishdan, nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirishdan iborat boʻlgan 3 ta shtat birligidan iborat shoʻba tashkil etiladi.Bildirishicha, VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK koʻrigi uchun tibbiy

15 Jul 12:03
 
71
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta

16 Jul 15:57
 
56
0
qalampir.uz

7 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

17-22 iyul kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet agentligi direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi. Bildirilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin: Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida; Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod

15 Jul 13:20
 
176
0
qalampir.uz

Rossiyada o‘zbekistonlik selfi tushaman deb suvda cho‘kib ketdi

Rossiyada o‘zbekistonlik selfi tushaman deb suvda cho‘kib ketdi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, 12 iyul kuni soat 21:00 atrofida 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Volxov daryosi qirg‘og‘ida spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘zini uyali telefoni kamerasi bilan suratga olgan va qoqilib, daryoga tushib, cho‘kib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar marhumni qirg‘oqqa olib chiqib, politsiya xodimlariga topshirgan. O‘tkazilgan teksh