calendar 16 Jul 15:57
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

7 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

image

17-22 iyul kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet agentligi direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi.

Bildirilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
  • Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 12:24
 
77
0
qalampir.uz

O‘zbekistonliklar asosan nimadan vafot etayotgani aytildi

Statistika agentligi 2024 yil yanvar-iyun oylarida o‘zbekistonliklar o‘limiga asosan nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 100 000 nafar  aholiga jami vafot etgan erkaklar soni 238,6 nafarni, ayollar esa 201,6 ni tashkil qilgan. Shulardan 58,4 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi – o‘simtalardan, 6,6 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,3 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 fo

03 Sep 21:34
 
13
0
xs.uz

Turkiyada Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi

Turkiyaning Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.Qayd etilishicha, haykalning ochilish marosimi 'Bir boʻlsak ' yagona xalqmiz, birlashsak ' Vatanmiz!' shiori ostida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston Mustaqilligining 33-yilligi tadbirlari doirasida tashkil etilgan.Tadbirda nutq soʻzlagan elchi Alisher Aʼzamxoʻjayev Alisher Navoiy haykalining oʻrnatilishida hissa qoʻshganlar, jumladan, Kechioʻren tumani hokimligi ha

22 Jul 21:06
 
78
0
qalampir.uz

Chek so‘ragan bolani urgan sotuvchi qamaldi

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani haqida xabar berilgandi. Do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud do‘kon sotuvchisi Z.A.ga 13 yoshli (2011 yilda tug‘ilgan) bolaga nisbatan qilgan g‘ayri

26 Jul 11:39
 
90
0
qalampir.uz

Farg‘ona tumanida sel ko‘chalarni qum-shag‘al bilan to‘ldirdi

Kecha, 25 iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududida sel oqimlari kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.  Jala yomg‘ir va do‘l yog‘ib o‘tishi oqibatida Farg‘ona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m 3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan. Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30