Rossiyada o‘zbekistonlik selfi tushaman deb suvda cho‘kib ketdi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 12 iyul kuni soat 21:00 atrofida 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Volxov daryosi qirg‘og‘ida spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘zini uyali telefoni kamerasi bilan suratga olgan va qoqilib, daryoga tushib, cho‘kib ketgan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar marhumni qirg‘oqqa olib chiqib, politsiya xodimlariga topshirgan. O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, marhumning tanasidan zo‘ravonlik izlari topilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Irkutsk viloyatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketgandi.