calendar 15 Jul 12:03
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

13 yoshli qizni o‘ldirishda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

image

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 13 yashar qizni o‘ldirib, qochib ketganlikda gumon qilinayotgan erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasi Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doyrang, ozg‘indan kelgan, egnida sariq-ko‘k chiziqli ko‘ylak, qora rangli shim va oyog‘ida qora rangli tufli bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 qisqa raqami, (67) 343-52-22, (67) 343-51-11, (78) 221-02-73, (67) 350-11-02, (88) 908-22-00 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan.

“Xabar berganlarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi. Ushbu fuqaro topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 10 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyer shahrida 13 yashar qiz o‘zi yashab kelayotgan uyning mehmonxona qismidan qotillik alomatlari bilan topilgandi. Voqea joyi ko‘zdan kechirilib, u yerdan barmoq izlari, 2 dona yostiq, 2 dona pivo spirtli ichimligining yelim idishi, 2 dona qulf ashyoviy dalil tariqasida olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:45
 
83
0
xs.uz

AQSHda 38 yoshli oʻzbekistonlik ayanchli YTH tufayli vafot etdi

Qayd etilishicha, Jamoliddin Tohirov 18 gʻildirakli 2022 Freightliner rusumli furani haydab ketayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra ichki beton toʻsiqqa urilgan. Shundan soʻng qarama-qarshi yoʻnalishdagi barcha yoʻlaklardan oʻtib, tashqi himoya panjarasini ham yorib oʻtgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning jasadi mashina tashqarisidan topilgan. Taxminlarga koʻra, haydovchi oynadan otilib ketgan.Maʼlumot uchun, marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan. Halokat yuzasida

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Tojikiston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari'koʻrib chiqildi.Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt-saodat, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq t

19 Jul 14:06
 
72
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘illariga ham sud hukmi o‘qildi

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘illari Bekzod Zafarov va Ixtiyor Qudratullayevga ham sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Bekzod Zafarov 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi. “Baxti Tashkentskiy”

03 Sep 21:34
 
3
0
xs.uz

Toshkentga mehnati singgan mashhur rassom vafot etdi

Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi xabar berdi.Qayd etish kerakki, u koʻplab jahonga mashhur suratlarning muallifi hisoblanadi. Shuningdek, Toshkentdagi monumental pannolar, jumladan, 'Paxtakor' metro bekati, 'Xalqlar doʻstligi' saroyi va boshqalarning muallifi hamdir.Maʼlum boʻlishicha, 31-avgust kuni taniqli rassom, sanʼat arbobi, Badiiy akademiya aʼzosi, 'Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni sohibidir.Vladimir Burmakin 1938-yi