calendar 10 Jul 18:44
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda tanishining boshiga bolta bilan urgan shaxs ushlandi

image

Samarqand viloyatida erkak tanishining boshiga bolta bilan urdi. Bu haqda  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi  matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni Ishtixon tumani “Dehqonobod” MFYda yashovchi S.Sh. og‘ir tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, S.Sh. tanishi Q.R. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib qolgan. Oqibatda Q.R. boshqaruvidagi Tico rusumli avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan xo‘jalik boltasi bilan S.Sh.ning bosh sohasining orqa qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

“Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ayolni bolta bilan o‘ldirgan erkak 23 yilga qamalgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 16:12
 
60
0
xs.uz

Akademik litseylarga kirish test sinovlari boʻlib oʻtadigan sanalar eʼlon qilindi

Test sinovlari uchun 1-smena ' 09:00da, 2-smena ' 15:00da boshlanadi. Test sinovlari taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirigʻi va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab oli

19 Jul 23:33
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 20-iyul kuni havo harorati 40 darajadan oshmasligi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekun

19 Jul 16:16
 
85
0
qalampir.uz

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

2024 yilning birinchi yarmida litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa “litsenziya”ga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda mehmon sifatida ishtirok etmoqda. “Vaholanki, har qanday  san’atkor o‘z

28 Jul 02:32
 
123
0
xs.uz

Toshkentda shifokorlarni kaltaklagan “mushtumzoʻr”larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida ikki nafar shifokor bemor va uning tanishlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.Bildirilishicha, Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar protsessual ta