calendar 28 Jul 02:32
eye 146
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda shifokorlarni kaltaklagan “mushtumzoʻr”larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

image
Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida ikki nafar shifokor bemor va uning tanishlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Voqea tafsilotlari quyidagicha boʻlgandi:

27-iyul kuni soat taxminan 07:20 larda poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasi qabul boʻlimiga Sergeli tumani, Xonobod 4-tor koʻchasida yashovchi 1997-yilda tugʻilgan fuqaro B.I. ikki nafar oʻrtogʻi ' 1997-yilda tugʻilgan P.I. va S.B.lar hamrohligida olib kelingan. Shundan soʻng, bemor B.I. zudlik bilan navbatchi travmatolog-shifokor A.A. tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

Unga dastlabki tekshiruv davomida unga 'Ikkala qoʻl-bilak sohalari, koʻkrak qafasi va qorin oldi devorining koʻplab kesilgan jarohatlari. Gemorragik shok 2-3-daraja' tashxisi qoʻyilgan. Shuningdek, bemorning holati ogʻir, shok holatida deya baholanib, zudlik bilan qon toʻxtatish va shokka qarshi birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan hamda qoʻshma shikastlanishlar shoshilinch boʻlimining mikroxirurgiya oʻrniga gospitalizatsiya qilingan.

Soat 07:40 da tanadagi koʻplab kesilgan jarohatlar inobatga olinib, u darhol xirurgik amaliyot oʻtkazish maqsadida mikroxirurgiya operatsiya xonasiga olib kirilgan. Xirurgik amaliyotga tayyorlash vaqtida bemor shifokor-mikroxirurg M.X.ga jiddiy qarshilik koʻrsata boshlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tushirib, uni haqorat qilgan. Bu ham yetmagandek, u operatsion stoldan tushib, shifokorni qattiq doʻpposlay boshlagan.

Soʻng, shifokor M.X. 'mushtumzoʻr' bemorning oʻrtoqlari ' P.I. va S.B. tomonidan ham kaltaklagan. Shu vaqtda shoshilinch xirurgiya boʻlimining navbatchi shifokori H.U. bemorga xirurgik amaliyotni bajarish uchun operatsion blokka kelgan.

P.I. va S.B. bu tibbiyot xodimini ham ayovsiz doʻpposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan. Oqibatda shifokor hushidan ketib, karaxtlik-koma holatiga tushgan va zudlik bilan reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
18
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta'minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo'yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 'Yagona milliy mehnat tizimi' idoralararo dasturiy-apparat majmuid

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga