calendar 19 Jul 18:46
eye 115
comments 0
comments Manba: xs.uz

Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifasi nimadan iborat?

image
Maʼlum boʻlishicha, elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilib kelmoqda, ammo soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻq. Bu esa energetika obyektlaridagi taʼmirlash ishlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

Shunga koʻra, Energetika vazirligi huzuridagi 'Oʻzenergoinspeksiya', 'Issiqlik elektr stansiyalari', 'Oʻzbekgidroyenergo', 'Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari', 'Oʻzbekneftgaz', 'Oʻztransgaz' va 'Hududgaztaʼminot' hamda 'Oʻzkimyosanoat' AJ taʼsischiligida hududiy filiallarga ega boʻlgan Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi MCHJ shaklida tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, markazning asosiy vazifalari sifatida zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar taʼlimi sifatini taʼminlash, zarur kasbiy kompetensiyalar darajasini shakllantirish, oʻz kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish, ilgʻor xorijiy tajriba asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv jarayoni sifati va samaradorligini tahlil qilish va monitoring qilishning raqamli axborot tizimlarini joriy etish kabi yoʻnalishlar koʻzda tutilmoqda.

Bundan tashqari, energoaudit va energomenejment boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish, malaka oshirish uchun raqamli taʼlim resurslarini yaratish va masofaviy taʼlim tizimini joriy etish ham aynan mazkur markazning vazifalaridan sanaladi.

Ushbu malaka oshirish jarayonlari 2025-yil 1-apreldan boshlanadi va unga koʻra, rahbarlar va mutaxassislar ' besh yilda kamida bir marta, muhandis-texnik, ishlab chiqarish va ishchi xodimlar ' uch yilda kamida bir marta malaka oshirishlari zarur boʻladi.

'Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, davlat mulkini 'nol' qiymatda sotish amaliyoti bekor qilingani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
54
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash

13 Jun 00:36
 
24
0
xs.uz

Rossiya Ichki ishlar vaziri foyda keltirmaydigan migrantlarni davlatdan chiqarib yuborishga chaqirdi

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya uchun 'foydasiz' boʻlgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozimligini aytdi. Bu haqda 'RBK' xabar qildi.'Koʻchalarda va turar joy sektorida noqonuniy migrantlar boʻlmasligi kerak. Ishini yoʻqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan oʻtmaganlar, til oʻrganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etishi kerak', degan vazir.IIV rahbari masʼullarni migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi

13 May 14:37
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi

2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k

13 Jun 00:38
 
73
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa