calendar 19 Jul 16:16
eye 83
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

image

2024 yilning birinchi yarmida litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa “litsenziya”ga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

“Vaholanki, har qanday  san’atkor o‘z ijodini taqdim qilishda,  ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni aholiga yetkazish  uchun litsenziya talab etiladi. To‘y marosimlari, oilaviy bazmlar, barlar va restoranlardagi yig‘inlarda ham “litsenziya”siz faoliyat ko‘rsatish holatlari ko‘paymoqda”, deyiladi xabarda. 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bunday faoliyat noqonuniy ekanligini ta’kidlab, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda aholidan xizmatga taklif etilayotgan boshlovchilar, san’atkorlarning “litsenziya”si bor yoki yo‘qligini aniqlashtirishga, “litsenziyasiz” ijodkorlarning xizmatidan foydalanmaslikka chaqirgan.

Ma’lumot uchun, litsenziya jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatdir.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-moddasida litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanishi belgilangan. 

“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi litsenziyalash sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi”, deyiladi xabarda. 

Litsenziya talab etiladigan hollar:

  • Yakkaxon ijrochi konserti (bitta ijrochining yakkaxon konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etishga;
  • Restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (FHDYOdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish – “nikoh to‘yi” marosimi, “kelinsalom” marosimi), “sunnat to‘yi marosimiga xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar tashkilotlarda – klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar)ga.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 12:08
 
78
0
xs.uz

Samarqanda “Nexia-3” haydovchisi uxlab qolishi oqibatida ayanchli YTH sodir boʻldi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 'Nexia-3' haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 20-iyul kuni sodir boʻlgan. Shu kuni soat 6:00 larda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi hududidan oʻtgan 4R-54 avtomobil yoʻlida Ingichka-Kattaqoʻrgʻon yoʻnalishida ketayotgan 'Nexia -3' haydovchisi uxlab qolgan.Shundan soʻng mashina boshqaruvi yoʻqotilgan va yoʻlning oʻng tomon chetiga chi

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi

Farmonga koʻra:2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralari koʻriladi.Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash s

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

26 Jul 15:05
 
52
0
xs.uz

Toshkent viloyatida BMW yoʻl chetida toʻxtab turgan “Tracker”ga borib urildi

Toshkent viloyatida boshqaruvni yoʻqotgan BMW yoʻl chetida toʻxtab turgan 'Tracker'ga borib urildi. Viloyat IIBB YHXB mazkur YTH yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 20-iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R12 'Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni' avtomobil yoʻli 8-kilometrida sodir boʻlgan.Oʻsha kuni 1991-yilda tugʻilgan U.B. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasini Bektemir-Gʻazalkent yoʻnalishida boshqarib ketay