calendar 26 Jul 15:05
eye 55
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent viloyatida BMW yoʻl chetida toʻxtab turgan “Tracker”ga borib urildi

image
Toshkent viloyatida boshqaruvni yoʻqotgan BMW yoʻl chetida toʻxtab turgan 'Tracker'ga borib urildi. Viloyat IIBB YHXB mazkur YTH yuzasidan'maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 20-iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R12 'Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni' avtomobil yoʻli 8-kilometrida sodir boʻlgan.

Oʻsha kuni 1991-yilda tugʻilgan U.B. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasini Bektemir-Gʻazalkent yoʻnalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, shu yoʻnalishda yoʻl oʻng chetida toʻxtab turgan 'Tracker' rusumli transport vositasini borib urgan.

Ushbu yoʻl transport hodisasi natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Toʻxtab turgan avtoulovda haydovchi va yoʻlovchilar boʻlmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Maʼlum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
52
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

29 Jul 10:20
 
58
0
xs.uz

Toshkentning ayrim tumanlari vaqtincha gazdan uzib qoʻyildi

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining quyidagi hududlariga 29-iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.Mirobod tumani:Yakkasaroy tumani:Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.'Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi', deyiladi xabarda.

26 Jul 13:42
 
76
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dam olish kunlari jazirama issiq boʻladi

Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo kam bulutli va juda issiq boʻladi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 38-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-45 darajagacha isiydi.Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat ke

26 Jul 11:34
 
64
0
xs.uz

Hunarmandlarga imtiyoz va imkoniyat yaratib berilmoqda

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2018-2022-yillarda viloyatdagi hunarmandlarga 2091 ta loyiha uchun 71,1 milliard soʻm imtiyozli kredit berilgan. Shundan, Ishtixon tumanida 2022-2023-yillarda 198 nafar hunarmandga 7,5 milliard soʻm, Nurobod tumanida 80 nafar hunarmandga 2,2 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratilgan. 2022-yilda 'Usta-shogird' maktabini yaratish va 7762 ta shogird biriktirilgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 24 mingdan ortdi.' Viloyat mahallabay ishlash boshqarmasi tom