calendar 26 Jul 11:34
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hunarmandlarga imtiyoz va imkoniyat yaratib berilmoqda

image
Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2018-2022-yillarda viloyatdagi hunarmandlarga 2091 ta loyiha uchun 71,1 milliard soʻm imtiyozli kredit berilgan. Shundan, Ishtixon tumanida 2022-2023-yillarda 198 nafar hunarmandga 7,5 milliard soʻm, Nurobod tumanida 80 nafar hunarmandga 2,2 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratilgan. 2022-yilda 'Usta-shogird' maktabini yaratish va 7762 ta shogird biriktirilgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 24 mingdan ortdi.

' Viloyat mahallabay ishlash boshqarmasi tomonidan hunar egallab, oʻz ishini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan 1414 nafar hunarmandga aʼzolik badalini toʻlash uchun 1,3 milliard soʻm subsidiya ajratildi, ' deydi 'Hunarmand' uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Umid Hakimov. ' 'Usta-shogird' anʼanasi asosida maktab tashkil etgan hunarmandlarga shogird tayyorlash uchun 110,6 million soʻm subsidiya ajratildi. Hozirda hunarmandlarga ajratilgan kreditlarning qaytarilishi 98 foizni tashkil etmoqda. Bu ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishidan dalolat beradi.

Hunarmandchilikka eʼtiborning kuchaytirilishi natijasida keyingi uch yilda 2 nafar hunarmand 'Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi', 1 nafari 'Mehnat shuhrati', 4 nafari 'Doʻstlik' ordeni, 3 nafari 'Shuhrat' medali bilan taqdirlandi.

Keyingi besh yilda mingdan ortiq hunarmand gilam toʻqish, zargarlik buyumlari, milliy qoʻgʻirchoqlar, yogʻoch va mis oʻymakorligi, kulolchilik koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etdi.

Dastlab 1992-yilda 'Ruhobod' hunarmandchilik markazi tashkil etilgan edi. Keyin 'Registon' hunarmandchilik markazi ochildi. Bu yerda 4 nafar usta mehnat qilgan boʻlsa, hozir ular soni 80 nafardan ortdi. Umuman, hozirda Samarqand viloyatida 4 ta hunarmandchilik markazlari ishlab turibdi.

Joriy yilda tijorat banklari tomonidan 21 milliard 479 million soʻm imtiyozli kredit ajratilishi va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi qaroriga asosan 3 milliard 326 million soʻm subsidiya berilishi hisobidan viloyatda jami 12362 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Kelgusida Samarqand shahrida 'Xalqaro kashtachilik festivali'ni oʻtkazish, Islom Karimov koʻchasida joylashgan binoda 'Samarqand kulolchilik markazi'ni tashkil etish koʻzda tutilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

2 dona alkogol qonunbuzarni fosh qilib qoʻydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon viloyatida katta miqdordagi isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldini oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati, Boʻston tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat aniqlangan.Qayd etilishicha, 'T.M.' MCHJga tegishli spirtli ichimliklar savdo doʻkoni sotuvchisi Z.K. xaridorga 2 dona alkogol

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta

03 Sep 21:35
 
20
0
xs.uz

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.Shuningdek, tadbirkorlik

09 Oct 12:39
 
7
0
xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3