calendar 25 Sep 13:14
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

2 dona alkogol qonunbuzarni fosh qilib qoʻydi

image


Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon viloyatida katta miqdordagi isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldini oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati, Boʻston tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat aniqlangan.

Qayd etilishicha, 'T.M.' MCHJga tegishli spirtli ichimliklar savdo doʻkoni sotuvchisi Z.K. xaridorga 2 dona alkogol mahsulotni sotgan vaqtida ushlangan.

Soʻngra ushbu savdo doʻkonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 266,7 million soʻmlik turli nomdagi jami 6 ming 190 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan.

'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
24
0
xs.uz

Jizzaxda soxta bankirga ishongan ayol 20 mln soʻmga chuv tushdi

Jizzaxda oʻzganing nomiga 20 million soʻm onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi M.S. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.Manbaga koʻra

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga oshirmoqchi

Uchrashuvda Afg'oniston tomonidan bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdul Gʻani Barodar, bosh vazirning ma'muriy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy ishtirok etdi.''O'zbekiston birinchilardan bo'lib Afg'onistonning muvaqqat hukumati bilan konstruktiv va o'zaro maqbul muloqotni yo'lga qo'ygan.Uchrashuvlarda shu tamoyillar asosida Afg'oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energeti

14 Aug 06:37
 
28
0
xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlik

11 Aug 03:43
 
36
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi

Qadrli hamkasblar!Qozog'iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an'anaviy do'stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo'lidagi faol sa'y-harakatlaringizni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman.Sizning tashrifimiz arafasida e'lon qilingan 'Markaziy Osiyo Reness