' Uzoq yillik faoliyatim davomida shunga ishonch hosil qildimki, Buxoroning har bir qarich tuprogʻi muqaddas, ' deydi 74 yoshli restavrator-usta Karim Tolibov. ' Men butun boshli uy-joylar, binolarning poydevori ostidan sagʻana toshlari chiqdi, deyishsa sira ajablanmayman. Manbalar shahrimizda XX asr boshlariga qadar oʻttizdan ziyod qadimiy qabriston boʻlganidan xabar beradi. Hozir ham eski shaharning tor koʻchalari boʻylab yursangiz yoʻl cheti yoki hovlilarda avliyolar qabrini koʻrasiz. Shogirdlarimiz tomonidan topilgan tosh parchasiga kelsak, undagi yozuvni oʻqish foydadan xoli emas.
Keksa restavrator maslahatiga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, sharqshunos, manbashunos, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimovga murojaat qildik. Buxoro tarixi, xususan, tasavvuf ilmini chuqur oʻrganayotgan olim bu qaysidir bir amirning qabrtoshi ekanligini, arab tilida goʻzal suls xatida bitilganini, afsuski, unda ism-sharif saqlanmaganini, faqat epitet, yaʼni oʻsha shaxsning fazilatlari tasvirlangan soʻzlarning ayrimlari bizgacha yetib kelganini taʼkidladi.
' Tosh parchasida (Hazal ' mar) qad al-amir al-amjad... ad-davlat vad-din...' soʻzlarini oʻqish mumkin, ' deydi K. Rahimov. ' Tarjimasi 'Bu qabrtosh buyuk amir... davlat va din ( suyanchi)...' dan iborat. Boshqa soʻzlar oʻchib ketgan. Shuning uchun ular oʻrniga nuqtalar qoʻyildi.
Olim shu topilma bahonasida joʻyali bir taklifni ham oʻrtaga tashladi.
' Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasida patnis, kosa-tovoq, choydoʻsh, matoga tushirilgan bitiklar, yozuvli ashyolar koʻp, ' deydi u. ' Ularni oʻrganish, tadqiq qilish va shular asosida kitob-albom tayyorlash foydadan xoli emas. Shunday qilinsa, xalqimiz boy maʼnaviy merosining ajralmas bir qismi sanalgan bu yozuvlar mazmun-mohiyatidan nafaqat bugungi, balki kelgusi avlodni ham bahramand etgan boʻlur edik. Ajdodlarimizning turmush tarzi, anʼana va urf-odatlari haqidagi tasavvurlarimiz kengayardi. Bu xorijiy sayyohlarda ham qiziqish uygʻotishi tayin.
Bu oʻrinli taklif, albatta. Soha masʼullari shu haqda oʻylab koʻrishadi, degan umiddamiz.
Darvoqe, olimning aytishicha, restavrator-ustalar tomonidan topilgan tosh poligrafik jihatdan XIII asrga daxldor tuyulyapti. Binobarin, u qadr-u qiymatli ashyo sifatida muzey eksponatlari qatoridan oʻrin olsa ajab emas.
Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Bu haqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 8-oktyabr kuni soat 09:48 da yuz bergan. FVBga Guliston mahallasi hududidan oqib o'tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning VAZ-2106 avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va'asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan. Avto
Prezident raisligida Navoiy viloyati iqtisodiyotini oʻstirish masalalari koʻrib chiqilmoqda
Yigʻilishda buyuk bobomiz nomi bilan ataladigan Navoiy viloyati maʼnaviy tarbiya, maʼrifiy yuksalish yoʻlida barchaga oʻrnak va namuna boʻlishi, taʼbir joiz boʻlsa, yurtimizning maʼnaviy brendiga aylanishi zarurligi taʼkidlandi.Masalan, 2017-yil Andijon viloyatida 'Bobur yili' deb eʼlon qilinib, shu asosda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan edi. Prezident mana shunday ijobiy tajribani Navoiy viloyatida ham qoʻllab, yangi ' 2025-yilni viloyatda 'Alisher Navoiy yili' deb eʼlon qi
Toshkentda “Lacetti” va “Malibu” ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkentda 'Lacetti' va 'Malibu' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasi 13-uy qarshisida yuz bergan. Oʻsha kuni 2002-yilda tugʻilgan A.K. 'Malibu' rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan M.Q. boshqaruvida boʻlgan 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida Lacetti rusumli a
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afgʻoniston poytaxtiga tashrif buyurdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavoziml