calendar 01 Nov 21:29
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident raisligida Navoiy viloyati iqtisodiyotini oʻstirish masalalari koʻrib chiqilmoqda

image
Yigʻilishda buyuk bobomiz nomi bilan ataladigan Navoiy viloyati maʼnaviy tarbiya, maʼrifiy yuksalish yoʻlida barchaga oʻrnak va namuna boʻlishi, taʼbir joiz boʻlsa, yurtimizning maʼnaviy brendiga aylanishi zarurligi taʼkidlandi.

Masalan, 2017-yil Andijon viloyatida 'Bobur yili' deb eʼlon qilinib, shu asosda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan edi. Prezident mana shunday ijobiy tajribani Navoiy viloyatida ham qoʻllab, yangi ' 2025-yilni viloyatda 'Alisher Navoiy yili' deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Bu yil doirasida 'Hazrat Navoiyni anglash ' oʻzligimizni anglash' mavzusida Prezident sovgʻasi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida 'Navoiyxonlik kechalari' oʻtkaziladi.

'Yashil makon' loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bogʻlar, soʻlim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

Quriladigan Yangi Oʻzbekiston bogʻida Alisher Navoiyga bagʻishlab memorial muzey tashkil etiladi.

Yigʻilishda asosiy masala ' Navoiy viloyati iqtisodiyotini oʻstirish, investitsiya, eksport va pirovardida, odamlar daromadini koʻpaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Viloyat respublikamizning qoq markazida joylashgan, boy tabiiy resurslar, yetarli infratuzilma va inson salohiyatiga ega hudud.

Soʻnggi uch yilda navoiylik yoshlar oliygohga kirish boʻyicha 1-oʻrinni egallab kelmoqda. Bogʻcha qamrovi 85 foizga yetib, respublikada 2-oʻringa chiqdi.

Xalqimiz qazilma boyliklarining 20 foizi Navoiy zaminida. Viloyatda har yili 100 trillion soʻmdan ortiq sanoat mahsuloti yaratilmoqda. Hozirda viloyatda 15 milliard kilovatt soat elektr energiyasi chiqarilayapti, yana 5,2 gigavattli shamol va quyosh stansiyalari ishga tushish arafasida.

Mamlakatimizning eng muhim transport arteriyalarining 16 foizi Navoiy hududidan oʻtgan. Oʻtgan hafta Qoraqalpogʻistonda 240 kilometrli 'Qoʻngʻirot-Beynov' yangi yoʻli foydalanishga topshirildi. Bu ham Navoiyning logistika markazi sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.

Ushbu ulkan salohiyatdan viloyat hokimi, uning 8 ta oʻrinbosari, 11 ta shahar-tuman hokimi unumli foydalanishi shartligi koʻrsatib oʻtildi. Yigʻilishga ulangan boshqa viloyatlar mutasaddilari ham bugungi tahlillar va topshiriqlardan aniq xulosa qilib, Navoiy misolida oʻz rejalarini tuzishi zarurligi qayd etildi. Viloyatga 3,7 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelib, 600 ta yangi korxonani ishga tushirish, 15-20 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish vazifasi qoʻyildi. Chuqur geologik tahlillar asosida yangi konlarni tayyor loyiha paketi bilan tadbirkor-investorlarga taklif qilish zarur. Uch yil davomida yiliga 350 ming gektar yaylovga yangi texnologiya asosida urugʻ va koʻchat ekish tashkil qilinib, 50 ming aholiga meva-sabzavot, bogʻ va chorva uchun boʻlib beriladi. 100 ta koʻp qavatli uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Kambagʻallikni qisqartirish, migratsiyani yangi tizimi va 4 ta tuman tajribasi hisobidan yana 140 ming aholi bandligini taʼminlash, 16 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish maqsad qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
41
0
xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum

09 Oct 12:39
 
46
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti

11 Nov 03:17
 
19
0
xs.uz

Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi

Fargʻona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat koʻchasi boʻylab harakatlanib kelgan 'Bestune T99' rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.Tekshiruv dav

01 Nov 21:29
 
19
0
xs.uz

Ichimlik suvi muammosi bartaraf etilmoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan koʻplab ijtimoiy, hududiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gap ketganda, avvalo, soʻnggi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlash joiz.Bugungi kunda toza ichimlik suviga boʻlgan talab va ehtiyoj global muammoga aylangan. Maʼlumotlarga koʻra, ayni damda dunyo aholisining kamida 26 foizi toza ichimlik suvidan m