calendar 09 Oct 12:39
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum guzar' MFYda yashovchi Anvar Toshmatov ham oʻziga tegishli boʻlmagan maydonda qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.



Bu holatni Shahrixon tumanida ham uchratish mumkin. 'Tumor' mahallasida istiqomat qiluvchi Azizbek Holmatov 'Sahovat teks' MCHJga tegishli 300,0 kv. metr ekin maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgani yetmaganidek bino ham barpo etgan.

' Afsuski, bunday holatlar har bir tumanda mavjud, ' deydi Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi xodimi Bunyodbek Abduvaliyev. ' Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, noqonuniy oʻzlashtirib olingan yer maydonining asosiy qismi qishloq xoʻjaligi hududlariga tegishli boʻlib, joriy yilning shu davriga qadar 484 ta holatda 181,9 gektar maydon talon-taroj qilingan.

Aytish joiz, viloyatda yilning oʻtgan davri mobaynida 4 ming 583 ta holatda 335,1 gektar yer maydoni oʻzlashtirilgan. Noqonuniy binolarni buzish, yer maydonini oʻz egasiga qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 21:41
 
37
0
xs.uz

Fidoyilik va masʼuliyat

9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuniShveysariya poytaxti Bern shahrida 1874-yil 9-oktyabr kuni Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan. Ushbu xalqaro tashkilotning 1969-yili Tokio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Kongressida 9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuni deb rasman eʼlon qilingan.1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini

25 Sep 13:14
 
38
0
xs.uz

Issiqxona 2 million dollarlik mahsulot eksport qildi

Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Navoiy viloyatidagi 'Zarafshan Golden Group' kompaniyasiga qarashli issiqxonalar majmuasida toʻrt gektar maydonga ega ikki issiqxona faoliyatini boshladi.' Issiqxonalardan biri Janubiy Koreya, ikkinchisi golland texnologiyasiga asoslangan, ' deydi kompaniya taʼsischisi Ulugʻbek Fayziyev. ' Energotejamkor, toʻliq qattiq yoqilgʻi yordamida isitiladi. Yangi loyihaning qiymati 3,5 mln. dollarni tashkil etadi.Shu tariqa kompaniyaning umumiy maydoni 15 gektar boʻlga

09 Oct 12:39
 
41
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

09 Oct 17:33
 
35
0
xs.uz

Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b