' Issiqxonalardan biri Janubiy Koreya, ikkinchisi golland texnologiyasiga asoslangan, ' deydi kompaniya taʼsischisi Ulugʻbek Fayziyev. ' Energotejamkor, toʻliq qattiq yoqilgʻi yordamida isitiladi. Yangi loyihaning qiymati 3,5 mln. dollarni tashkil etadi.
Shu tariqa kompaniyaning umumiy maydoni 15 gektar boʻlgan issiqxonalarda 3,5 ming tonna pomidor va 40 tonna qulupnay yetishtirilib, hosilning 80 foizini eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan. Bu yil davomida 5 mln. dollarga teng demakdir. Shu kunga qadar 2 mln. dollarlik mahsulotlar xorijiy davlatlarga yuborilishi taʼminlandi. Mavsum endigina boshlanganini inobatga olsak, reja uddalanishiga shubha yoʻq.
Kompaniya issiqxonalarida 250 nafar xodim ishlar edi. Yangi loyiha tufayli yana 80 kishi ularning safiga qoʻshildi. Yangi ishchilarning 45 nafarini turli ijtimoiy daftarlarda turgan kishilar tashkil etadi.
Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi
Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot
Shavkat Mirziyoyev: Suv xoʻjaligi sohasida keskin oʻzgarish qilishning birdan-bir yoʻli – raqamlashtirish
Nasos stansiyalariga 1,7 mingta 'onlayn' nazorat qurilmasi va 12 mingta 'aqlli suv' qurilmasi olib kelingan. Lekin ulardan olinadigan maʼlumotlarni jamlab, tahlil qiladigan axborot tizimi yoʻq.Shu bois, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz suv isteʼmoli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi.Hozirda suv soligʻidan tushumning 40 foizi tuman suvchilarida qolmoqda. Lekin, 27 ta tumanda undirilgan s
Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ