Bugungi kunda toza ichimlik suviga boʻlgan talab va ehtiyoj global muammoga aylangan. Maʼlumotlarga koʻra, ayni damda dunyo aholisining kamida 26 foizi toza ichimlik suvidan mosuvo ekan. Yer yuzidagi 47 foiz inson esa asosiy sanitariya xizmatidan foydalana olmaydi. Insoniyatni tubsiz jarlikka tortayotgan oʻnlab kasalliklar ham aynan isteʼmolga yaroqsiz suv tufayli koʻpayib borayotgani BMT maʼlumotlarida qayd etilgan.
Ana shunday murakkab sharoitda mamlakatimizda soʻnggi olti yilda, aniqrogʻi, 2023-yilgacha boʻlgan davrda ichimlik suvi sohasiga davlat byudjetidan 14 trillion 500 milliard soʻm yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar koʻp mablagʻ ajratildi, 31 ming kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoqlari oʻtkazildi, 1200 ta suv inshootida qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi. Bu ishlar natijasida mingta mahalladagi 6,5 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.
Bundan uch yil muqaddam Surxondaryo viloyati aholisining 44,6 foizi markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlanmagan, 218 ta suv inshooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar taʼmirga muhtoj edi. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz shahrida suv mineralizatsiyasi miqdori oshgani koʻplab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi.
Davlatimiz rahbari 2021-yilda Termizda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi bilan bogʻliq bunday muammolarga alohida toʻxtalib, vohani ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi juda jiddiy ekanini alohida taʼkidlagandi. Oʻshanda Prezidentimiz kelgusi besh yilda viloyatda 1 ming 700 kilometr ichimlik suv tarmoqlari va 96 ta suv inshootlari barpo etilishini, bu borada Toʻpalang suv ombori ulkan va toza manba ekanini taʼkidlab, uni aholiga yetkazish boʻyicha loyiha tayyorlash vazifasini qoʻyganida voha ahlining asriy orzulariga yechim boʻlgandi.
Shu yilning oʻzida viloyatning barcha tuman va shaharlari aholisini toza ichimlik suv bilan taʼminlaydigan yirik loyihani boshlashga start berildi.
Amaliy ishlar koʻp kuttirmadi ' 2023-yilning 16-noyabr kuni Sariosiyo tumani 'Bogʻiston' mahallasida ushbu loyihaning birinchi bosqichini ishga tushirish marosimi boʻldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, 'obihayot' yoʻlini ochdi.
Yirik loyihaning dastlabki bosqichi ishga tushirilishi evaziga Denov tumani markazidagi 14 ta mahallada yashaydigan 71 ming 200 kishi, Qumqoʻrgʻon tumanida 3 ta mahalladagi 10 ming 600 isteʼmolchi, Sariosiyo tumanidagi 9 ta mahallaning 32 ming 600 aholisi, Shoʻrchi tumani markazidagi 8 mahallada istiqomat qiladigan 27 ming 500 kishi ana shu suvdan bahramand boʻlayotir.
' Davlatimiz rahbarining 2023-yil 25-dekabrdagi '2024 ' 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori va Vazirlar Mahkamasining Rayosat bayoniga asosan joriy yil 9 ta ichimlik va oqova suv obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 164,6 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan, ' deydi 'Surxondaryo suv taʼminoti' AJ direktori Abdulla Mamatqulov. ' Bu mablagʻ hisobidan 19 kilometr ichimlik suvi tarmogʻi, bitta dona suv inshooti, 6,7 kilometr oqova suv tarmogʻi hamda ikkita oqova suv inshootini qurish rejalashtirilgan edi. Bu mablagʻ hisobidan 14 km ichimlik suvi quvuri yotqizilib, bitta ichimlik suvi inshooti barpo etildi. Qariyb besh kilometr oqova suv tarmogʻi va bitta oqova suv inshooti qurildi, rekonstruksiya qilindi. Yil davomida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan oltita obyektdan toʻrttasida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ishga tushirildi. Surxondaryo viloyati aholisining ichimlik suvi taʼminotini 'Toʻpalang' suv ombori manbalari hisobiga yaxshilash obyektida quvvati 200 ming m3/sutka boʻlgan ichimlik suvi tozalash inshootida ham qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Viloyatning Denov, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo va Shoʻrchi tumanlarida 34 ta mahalladagi qariyb 142 ming aholi 'Toʻpalang' suv omborining toza, sifatli obihayotidan bahramand boʻla boshladi. Ayni paytda Oltinsoy tumanida tarmoq tortish, rezervuar qurish, Bandixon tumanida ichki tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar qoʻshimcha 52,7 km ichimlik suv quvurlari va 28 ta nasos uskunalari profilaktik koʻrikdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijasida viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasi 64,1 foizdan 64,7 foizga yetkaziladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday keng koʻlamli ijtimoiy islohotlar aholining hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Toshkentda “Lacetti” va “Malibu” ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkentda 'Lacetti' va 'Malibu' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasi 13-uy qarshisida yuz bergan. Oʻsha kuni 2002-yilda tugʻilgan A.K. 'Malibu' rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan M.Q. boshqaruvida boʻlgan 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida Lacetti rusumli a
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 553-saylov uchastkasida saylov jarayonlaridan fotoreportaj
Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'
Manzillar obod, koʻngillar munavvar
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Jalaquduq tumanida ham aniq chora-tadbirlar belgilangan. Aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan ushbu saʼy-harakatlar bugun yurtdoshlarimiz hayotida qanday oʻzgarishlarni yuzaga keltirmoqda?' Avvallari yaxshi kunlar haqida oʻylasam, 'Biz koʻrmagan kunlarni nabiralarimiz koʻrsin', deya duo qilardim, ' deydi tumandagi 'Boʻston'
Samarqandda erkak oʻzini yuk mashinasi ostiga tashlab, joniga qasd qildi
Samarqand viloyatida 41 yoshli erkak oʻzini yuk mashina ostiga tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda''Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.Bildirilishicha, hodisa 27-oktyabr kuni soat 12:30 larda Paxtachi tumani 'Amirobod' mahallasidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining Samarqand-Buxoro yoʻnalishi 139-km da sodir boʻlgan.Xatirchi tumani 'Polvonota' mahallasida yashagan 41 yoshli ruhiy kasal A.B. fuqaro Yu.Y. boshqaruvida boʻlgan Man yuk avtomashina