' Avvallari yaxshi kunlar haqida oʻylasam, 'Biz koʻrmagan kunlarni nabiralarimiz koʻrsin', deya duo qilardim, ' deydi tumandagi 'Boʻston' mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Orifjon Akbarov. ' Endi boʻlsa shunday farovon turmushda yashayotganimga shukrona keltirmoqdaman. Tasavvur qiling, erta tongda koʻchaga chiqsam, yoʻlimiz asfaltlanib qolibdi. Oʻngimmi yo tushimmi, deya hayratlandim. Axir bu kunni biz uzoq yillar davomida kutgandik-da. Sababi koʻchalarimiz oxirgi marta 1990-yilda asfaltlangan edi. Oradan oʻtgan yillar davomida u taʼmirtalab ahvolga tushib qolgandi. Endi boʻlsa yozda chang, qishda loy koʻchalar tarixga aylandi. Qarang, qanday keng va ravon yoʻlimiz bor!
Darhaqiqat, Orif otaning quvonganicha bor. Farovon turmushning asosiy belgilaridan biri yoʻldir. Oddiy misol, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar manzilga taʼrif berar ekan, eng avvalo, yoʻlga baho beradi. Loy koʻchalar kishi kayfiyatini buzibgina qolmasdan, ertangi kunga boʻlgan ishonchini soʻndiradi. Taʼmirlangan yoʻlda yurish esa bugungi kunidan minnatdorlik hissini uygʻotadi. 'Boʻston'liklarning hayotdan mamnun boʻlib yashashlari uchun sabab boʻlgan hodisa ham mahalladagi 3 ta koʻcha toʻliq asfaltlanishi boʻldi. Bu yerda 1 mlrd. 650 million soʻm mablagʻ hisobiga 4,4 kmdan iborat ichki koʻchalarga asfalt yotqizildi. Bu orqali 3200 nafar aholining mushkuli oson boʻldi.
Hayotimizni suvsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Hatto kundalik faoliyatimizda ham uning oʻrni beqiyos. Shu bois hududlardagi ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar aholi turmush sharoitiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Afsuski, tumandagi ikkita mahallada ham bu borada fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar mavjud edi.
' Koʻchamizning nomi 'Obi hayot' boʻlsada, aslida ichimlik suviga zor edik, ' deydi 'Madaniyat' MFYda istiqomat qiluvchi Zarnigorxon Qosimova. ' 40-yildirki, suvni maʼlum masofadan tashib keldik. Bolalarimizning, kelinlarimizning yarim kun vaqti suv tashishga sarflanardi. Hozir har bir xonadonga suv joʻmraklari oʻrnatildi. Bu bilan turmushimiz tubdan oʻzgarib ketdi. Sababi, shu tufayli oshxona, hammom qurdik. Avvalgidek, ariqdagi suvda yuz-qoʻlimizni yuvishlar endi yoʻq.
Ushbu mahalladagi 110 ta xonadonda yashovchi aholining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2 mlrd. 42 million soʻmlik loyiha ishlari amalga oshirildi. Unga muvofiq 2 km tarmoq tortilib, 1 ta suv qudugʻi ishga tushirildi. Xuddi shunday saʼy-harakat tumanning eng olis hududi hisoblanmish 'Qutlugʻ' MFYda ham bajarildi. Bu yerda foydalanishga topshirilgan suv minorasi butun mahalla ahlining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirdi.
' Mahallamizdagi har bir xonadonga suv joʻmraklari olib kirilib, suv hisoblash uskunalari oʻrnatildi, ' deydi 'Taraqqiyot' koʻchasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi Dilnozaxon Mirolimova. ' Bu orqali nafaqat suvni, balki foydalanilgan toza ichimlik suvi uchun toʻlovni ham tejash mumkin. Hisob-kitob qilib koʻrsam, hozir bir oyda avvalgiga nisbatan 4-5 barobar kam pul toʻlayapman.
Kuz-qish mavsumi yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminotidagi muammolar tashvishga soladi. Bu oʻy-xayol jalaquduqliklarni ham chetlab oʻtmagan, albatta. Hududlar infratuzilmasini rivojlantirish orqali bu boradagi masalalarga ham yechim topildi. Misol uchun, 'Gʻozichek' mahallasida barpo etilayotgan 110 kilovattli ministansiyaning quvvati 10 ming kilovattga teng. U orqali nafaqat aholining, balki tadbirkorlik subyektlarining ham elektr energiyasiga boʻlgan talabini toʻliq qondiriladi. Loyiha foydalanishga topshirilgach, unga 76 ta transformator ulanadi. Natijada 35 ming nafar aholi va 50 dan ortiq tadbirkorlarning mavzuga doir muammosiga hojat qolmaydi.
' Oʻtgan yilgi qish mavsumida transformatorga hech yolchimadik, ' deydi mehnat faxriysi Murodil Joʻrayev. ' Eskiligi bois sal shamol boʻlsa ham ishlamay qolaverardi. Aholi soni koʻpayib ketganligi uchun quvvati ham yetmayotgandi. Bu yil qay bir koʻchaga razm solmang, yangi transformatorga koʻzingiz tushadi. Endi xonadonimizda chiroq oʻchmas ekan, deb xursand boʻlyapmiz!
Qisqa muddatda amalga oshirilayotgan bu oʻzgarishlar jalaquduqliklarning ertangi kunga boʻlgan ishonchini oshirib, bugungi kunidan mamnun yashashlariga sabab boʻlmoqda.
' Shu yilning avgust oyida boshlangan bunyodkorlik ishlari natijasida qaysidir mahallada suv taʼminoti yaxshilangan boʻlsa, boshqasida elektr energiyasiga doir muammolar bartaraf etildi, ' deydi tumanning Oxunboboyev shahrida yashovchi Faxriddin Ahmadaliyev. ' Loy va shagʻal koʻchalar oʻrniga asfalt yoʻllar barpo etildi. Bu oʻzgarishlarni koʻrgan hamyurtlarimiz oʻz xonadoniga ham yangi hayotni olib kirmoqda. Sababi, biz xohlaymizmi-yoʻqmi, uy ichidagi turmushimiz mahallamiz infratuzilmasiga bogʻliq. Shuning uchun Prezidentimizning hududlarni kompleks rivojlantirishga doir qarori xalqimiz turmush sharoitini tubdan yaxshilashga boʻlgan eʼtibor ifodasidir, deyman.
Jalaquduq tumanida qaror ijrosini taʼminlash doirasida 5,1 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga 7 ta obyekt infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan. Ayni paytga qadar koʻzlangan vazifalarning 90 foizi hayotga tatbiq etildi. Buning natijasida obod boʻlgan manzillar qiyofasini jalaquduqliklarning ochiq chehrasi-yu oʻtkir nigohida va baxtiyor tabassumida ham koʻrish mumkin.
Yana bir saylov uchastkasidan fotoreportaj
Toshkent shahri Mirobod tumanidagi tashkil etilgan 105-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlariga saylovchilar katta ehtml5-dom-document-internal-entity2-39-endtibor bilan ishtirok etishmoqda.' Bu saylov uchastkasiga 2600 nafar fuqaro rohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endyxatga olingan. Saylovchilar kelishi davom etmoqda.Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'
Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi
Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b
“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi
Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.Qarorga ko'ra, 2025 yil:1 martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;1 iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini a
Toshkentda “Lacetti” va “Malibu” ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkentda 'Lacetti' va 'Malibu' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasi 13-uy qarshisida yuz bergan. Oʻsha kuni 2002-yilda tugʻilgan A.K. 'Malibu' rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan M.Q. boshqaruvida boʻlgan 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida Lacetti rusumli a