calendar 09 Oct 12:39
eye 50
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

image


Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.

Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi

Bundan tashqari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinishi, konsalting ' diagnostika ' davolash ' turoperator ' transport ' tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi ham koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Qayd etilishicha, togʻli, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-aprelgacha internet tarmogʻi orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent toʻlovi toʻlashdan ozod qilinishi ham qaror bilan belgilab qoʻyilgan.

Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
40
0
xs.uz

Sergelidagi bogʻchada 2 yoshli bola kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida bola kaltaklanishi va natijada uning oyogʻi sinishi haqidagi video keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, 22-yanvar kuni bogʻchaning tarbiyachi yordamchisi Y.M. (1997-yilda tugʻilgan) xarxasha qilayotgan ikki yoshli S.A. ismli bolani tinchlantirish m

27 Jan 00:53
 
34
0
xs.uz

Bilarmidingiz: surunkali kasalliklar bilan ogʻriyotgan bemorga ayrim dori vositalari bepul tarqatiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 'Ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida' qaror qabul qilgan.Unga muvofiq, ambulator sharoitda surunkali kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalari xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Bu dori vositalari oilaviy shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida bemorlarga bepul taqdim

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Firibgar qurilish obyektini “olib berish” uchun 7 ming soʻradi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda aniqlanishicha, fuqaro A.A. tadbirkor M.X.ga Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlaridan qurilish obyektini olib berishi evaziga 7 ming AQSH dollari soʻragan.Xabar qilinishicha, fuqa

27 Jan 00:53
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlarni rivojlantirish va mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 'Kosmik faoliyat toʻgʻrisida'gi Qonun qabul qilindi. Qonun Prezident tomonidan 2025-yil 13-yanvarda imzolanib, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Unda kosmik faoliyatning qonuniy asoslari belgilab berilgan boʻlib, ushbu yoʻnalishda davlat siyosati samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.Mazkur Qonunda kosmik faoliyatning asosiy maqsadlari sifatida