calendar 20 Nov 01:36
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ekrandagi “olaboʻji” yoki bemaza seriallar poygasi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan boʻlsa-da, televideniye hamon muhim targʻibot vositasi va millionlab auditoriyasiga ega. Ayniqsa, koʻngilochar dasturlar, teleseriallarning ishqibozi istagancha topiladi. Afsuski, tomoshabinga milliy serial yorligʻi ostida taqdim etilayotgan ijodiy mahsulotlarning sifati, saviyasi, milliy qadriyat va anʼanalarga xosligi qay darajada, degan savolga javob yoʻq.

Televideniye kanallarida tomoshabin eng koʻp yigʻiladigan paytda asosan milliy seriallarimiz namoyish etiladi. Ularni kuzatar ekansiz, xayolingizda bunday seriallar orqali qachongacha millatning, oʻzimizning ustimizdan kulamiz, degan savol tugʻilishi tabiiy. Ustiga-ustak bunday tomoshalar fahsh, manmanlik, kibr, odamlarni mensimaslik kabi illatlarni targʻib etuvchi vositaga aylanib qolayotgani achinarlidir. Qonunni mensimaslik, zoʻravonlik, odamlarning yupun hayotini masxara qilish holatlarini aytmasa ham boʻladi...

Aksariyat hollarda qishloqdan shaharga kelgan qahramon oʻta bilimsiz, farosatsiz, hammaga kulgi boʻladigan qiyofada koʻrsatiladi. Yigitlar boʻsh-bayov, qizlar hammani laqillatib yuradigan qiyofada namoyon etiladi. Xorijdan andoza olingan koʻpchilik seriallarimizda voqealar rivoji oʻta ishonarsiz, aktyorlarning oʻz roliga yondashuvi havaskorlik darajasida, unda qahramonning ichki olami, tuygʻulari, dunyoqarashi umuman mos tushmaydi. Rejissyor xohlasa uning serialida endi ikkita qoʻshiq aytgan yosh xonanda bosh rolni oʻynaydi, xohlasa koʻchadagi istalgan kasb egasi bir yumalab aktyorga aylanadi...

Aslida dunyo tajribasida ham seriallar asosan uy bekalarining boʻsh vaqtini qiziqarli oʻtkazish maqsadida oʻylab topilgan tomosha sifatida eʼtirof etiladi. Ammo bugun onalar bolalari bilan uy vazifasini bajarish, kechki ovqat tayyorlash oʻrniga nuqul serial koʻrishdan ortmasa, kelajakda bundan ana oʻsha oilaning oʻzi eng katta zarar koʻradi-ku. Kattalar serial qahramonlariga andarmon boʻlib, oʻz xonadonida shunday voqealar rivojlanib kelayotganidan bexabar qolayotgani ham achchiq haqiqat.

' Nazarimda, ssenariy mualliflari va rejissyorda yangi serial boʻyicha mukammal reja boʻlmaydi, ' deydi Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi Dilnavoz Qoʻldosheva. ' Shu sababli, uning ilk qismlari tomoshabinga taqdim etilgach, munosabatiga qarab keyingi qismlari shakllanib ketaveradi.

Ayni kunlarda televideniyeda koʻrsatilayotgan bir necha milliy seriallarimiz haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Voqealar rivojida mantiq yoʻq, oʻta sayoz, xorij seriallaridan oʻgʻirlangan sahnalar shundoq sezilib turadi. Serial ijodkorlari bugun tomoshabinning bilimi, saviyasi oʻta yuksak rivojlangani, unda solishtirish, taqqoslab koʻrish imkoniyati kuchliligini unutmasligi zarur.

Kulasizmi-kuyasizmi, turmushga chiqqan yangi kelinning sobiq sevgilisi xonadoniga borib janjal koʻtaradi, ishga kelgan chiroyli ayolning atrofida barcha erkaklar girdikapalak, qaynonalar kelinni azoblab rohatlanadi, kelinchaklar esa erini aldab, koʻchada sobiq sevgilisi bilan yallo qilib yuradi...

Kechqurun hovlisi atrofida yurib, qizini poylayotgan oshiq bolani ushlab olgan ota unga poʻpisa qiladi. Keyin qizimiz tagʻin eʼtibordan ham chetda qolib ketmasin, deya beoʻxshov hiringlaydi. Eri oʻlgan kelinoyi qaynogʻasiga shilqimlik qilsa, hali uylanmagan yigit bolasi bilan beva qolgan ayolga uylanish istagida oila aʼzolari bilan teskari boʻlib ketadi. Balogʻatga yetgan qiz otasidan hech ham uyalmay, xorijlik yoshi katta boyvachchani sevib qolgani, agar yaxshilikcha toʻyga rozilik bermasa, birga qochib ketishini aytadi.

Boy quda, kambagʻal qaynota, toʻy, sarpo, kiyim-kechak mojarolarining esa nihoyasi yoʻq. Natijada kelajagimiz vorislari orasida ishyoqmas, tekinxoʻr, oriyatsiz, zoʻravonlikni sharaf deb biluvchi bilimsiz avlod shakllanyapti. Uylanish istagidagi yigit oʻziga toʻq oila qizini izlaydi, ota-onalar qiziga kelgan sovchilarga hashamatli uy-joyi, mashinasining rusumiga qarab muomala qiladigan boʻlmoqda.

Albatta, har bir insonning maqsadi baxtli yashash, farzandlari kamolini koʻrish hisoblanadi. Lekin bunga erishish uchun avvalo astoydil oʻqib-oʻrganish, mehnat qilish lozim. Yaʼni kitob oʻqigan qizga uylanish uchun kitob oʻqish kerak.

Qiziq, seriallarimizda esa koʻpincha buning aksi targʻib etiladi. Hayotda biror ishni qoyillatmagan qaynona ziyoli kelinining boshiga itning kunini soladi. Bir insonning umri uning orzu-havaslari uchun qurbon boʻlishini istaydi. Ziyoli oila boyning qizini kelin qilib olgach, epli kelin yaxshimi yoki sepli, degan masala ustida tortishib yuraveradi. Hayotimiz qornimiz, kiyim-kechagimiz, uy, mashina bilan bogʻliq maishiy muammolar atrofida oʻralashib oʻtib ketayotgandek goʻyo. Dunyo ilm-fanda qanchalik ilgarilab, turmush farovonligi behad yuksalib bormoqda. Biz esa seriallarimizda boʻlgani kabi eng mayda ikir-chikirlardan qutila olmaymiz...

Vatanparvarlik, yurtga sadoqat, ulugʻ ajdodlarga munosib voris boʻlishga undovchi yaxshi seriallarimiz ham koʻp. Ammo yutuqlar oʻzimizniki, bugun kamchiliklar haqida koʻproq gapirishimiz kerak. Toki katta hayot ostonasidagi yangi avlod, uning tarbiyachisi boʻlgan onalarimiz asl hayotiy haqiqat, toʻgʻri yoʻl qayerda ekanligini oʻz vaqtida anglab yetishi lozim.

Unutmang, sizni mahliyo qilayotgan ana shu seriallar atrofingizda, oilangizda yangi seriallarni shakllantirayotgan boʻladi. U xuddi pistirmada berkinib yotgan makkor dushman singari kutilmaganda hujumga oʻtadi, kutilmagan paytda pand beradi.

Xalqimiz maqolida aytilganidek, keyingi pushaymon ' oʻzingga dushman...


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
34
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

09 Oct 12:39
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

01 Nov 21:29
 
19
0
xs.uz

El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar aʼzolaridan koʻp narsani kutmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish'boʻlib oʻtmoqda.Davlatimiz rahbari avvalo 27-oktyabrda mamlakatimizda boʻlib oʻtgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.Qayd etilganidek, ushbu saylov Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirayotgan tub islohotlar samarasini oʻzida yaqqol aks ettirdi, demokratik taraqqiyotimizni yorqin ifodasi sifatida hayotimizda oʻchmas iz qoldirdi.Prezidenti

29 Oct 20:48
 
24
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay