calendar 01 Nov 21:29
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar aʼzolaridan koʻp narsani kutmoqda — Shavkat Mirziyoyev

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish'boʻlib oʻtmoqda.

Davlatimiz rahbari avvalo 27-oktyabrda mamlakatimizda boʻlib oʻtgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.

Qayd etilganidek, ushbu saylov Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirayotgan tub islohotlar samarasini oʻzida yaqqol aks ettirdi, demokratik taraqqiyotimizni yorqin ifodasi sifatida hayotimizda oʻchmas iz qoldirdi.

Prezidentimiz koʻp millatli xalqimizga saylovlarda yuksak siyosiy madaniyat va faollik koʻrsatib, fuqarolik burchini masʼuliyat bilan ado etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, xalq vakili degan yuksak maqomga ega boʻlgan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabrikladi.

Saylovlar natijasida yurtimizda huquq va vakolatlari sezilarli darajada kuchaygan yangi vakillik organlari tizimi ham shakllangani taʼkidlandi.

'Shu tariqa mamlakatimiz demokratik taraqqiyotning yangi davriga, sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda.

Biz barcha boʻgʻindagi deputatlarimiz timsolida zimmasidagi masʼuliyatni chuqur anglaydigan, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimizning erkin va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida oʻzini ayamasdan tinimsiz harakat qiladigan, bor bilim va tajribasini Vatan ravnaqi uchun safarbar etadigan fidoyi insonlarni tasavvur qilamiz.

Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarida fuqarolarimizni orzu-intilishlari, dardu tashvishlari, mavjud muammolarni hal etish yoʻllari oʻz ifodasini topganini alohida taʼkidlash lozim.

Xalqimiz sizlarning yangi gʻoya va tashabbusingizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar aʼzolaridan koʻp narsani kutmoqda','dedi'Prezident.

Davlatimiz rahbari ana shunday sharafli va ezgu vazifalarni ado etishda xalq vakillariga kuch-gʻayrat, yutuq va omad yor boʻlishini tiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
26
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irod

29 Oct 20:49
 
21
0
xs.uz

583-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari bohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlib ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endtmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 583-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2870 ta. Shundan 16 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 31 nafar birinchi marta ovoz beruvchilar ishtiroki kutilmoqda.Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'

10 Oct 13:56
 
43
0
xs.uz

Markaziy bank raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati'xabar berdi.Abror Mirzo Olimov zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatildi. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.Abror Mirzo Olimov 1988-yilda tugʻilgan. 2010-yi

29 Oct 20:49
 
21
0
xs.uz

Yana bir saylov uchastkasidan fotoreportaj

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi tashkil etilgan 105-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlariga saylovchilar katta ehtml5-dom-document-internal-entity2-39-endtibor bilan ishtirok etishmoqda.' Bu saylov uchastkasiga 2600 nafar fuqaro rohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endyxatga olingan. Saylovchilar kelishi davom etmoqda.Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'