calendar 29 Oct 20:49
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

image
Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan.

Saylovda beshta: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ' Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, 'Milliy tiklanish' demokratik partiyasi, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi hamda 'Adolat' sotsial-demokratik partiyasi ishtirok etmoqda. Bu muhim voqea 'Mening tanlovim ' obod Vatanim' shiori ostida, rivojlangan ijtimoiy-siyosiy muhitda oʻtmoqda.

Oʻzbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar-proporsional tizim asosida oʻtkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, yaʼni saylovchilar oʻzlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yoʻli bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

Saylov qonunchiligi ilgʻor demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, jamiyat hayotida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz boʻlishi belgilandi.

Joriy yilgi saylovlarning yana bir eʼtiborli jihati ' bu jarayon ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlari toʻliq raqamlashtirilgan holda 'E-Saylov' axborot tizimi orqali amalga oshirilganida namoyon boʻldi. Mazkur axborot tizimi saylovlarning ochiqligini yuqori bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatimizdagi saylovlar yuqori demokratik tamoyillar asosida, ochiq va shaffof tarzda oʻtmoqda. Fuqarolar ham amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga xayrixoh boʻlgan holda saylovlarda faol ishtirok etishmoqda.

Davlatimiz rahbari 59-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuqori saviyada oʻtayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini taʼkidlashdi.

Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga sogʻlik-omonlik tilab duolar qildi.

Barcha saylov uchastkalarida saylovchilar uchun qonunchiligimizda belgilangan sharoitlar yaratilgan. Joylarda 5 ming 770 ta okrug va 11 ming 28 ta, jumladan, 40 ta xorijiy mamlakatda 57 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Saylov jarayonini kuzatishda MDH, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, shuningdek, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi tarkibida 850 nafardan ziyod xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Oʻz yurti va yashayotgan hududi taqdiriga daxldorligini his qilib, saylovlarda faol qatnashayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
21
0
xs.uz

Yosh xodimlar uchun saylovning aralash tizimi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Joriy yilning 24-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 'Huquqiy fanlar' kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DCc), 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy maʼlumot berib oʻtib, 20

18 Nov 04:58
 
6
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Boku shahrida o'tayotgan iqlim bo'yicha COP29 konferensiyasi doirasida, mamlakatimizning Milliy pavilonida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o'tkazdi.Mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko'rib chiqildi.Ishchi guruh yig'ilishlarini o'tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a'zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaral

20 Nov 01:36
 
10
0
xs.uz

Oʻquvchilar maktabni hunarli boʻlib bitirmoqda

Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyati maktablarida har yili koʻplab bitiruvchilar umumiy oʻrta taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma bilan birga qaysidir hunarni oʻrgangan holda qadrdon maskanlari bilan xayrlashmoqda.Yangiyer shahridagi 7-maktab bu borada hududdagi eng namunali taʼlim muassasalari sirasiga kiradi. Ushbu maktabda bir necha hunarlarni, xususan, tikish-bichish yoki pazandalikni mukammal oʻrganish mumkin.Bundan tashqari, oʻquvchilarga informatika va ax

20 Nov 01:37
 
6
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi kambagʻallik darajasi qanday? Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish borasidagi natijalarga toʻxtaldi

Mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish borasidagi natijalarga toʻxtaldi.Qayd etilishicha, toʻrt yil avval 23 foiz aholimizning daromadi kambagʻallik chegarasiga ham yetmas edi. Oʻtgan davrda 3,5 million fuqaro uchun daromad olish imkoniyati yaratilib, kambagʻallikni 11 foizga tushirishga erishildi. Kelgusi uch yilda uni 7 foizga tushirish reja qilingan.Kambag