calendar 19 Aug 07:03
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Organizmning barqaror ishlashi qaysi gormonlarga bogʼliq?

image
Xoʼsh, organizmda qaysi gormon, qanday vazifa bajaradi? Ular faoliyatiga qaysi omillar salbiy taʼsir etishi mumkin?'

Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Nozimaxon Nazarova javob berdi.

'Inson tanasi murakkab boʼlib, uning barqaror ishlashi koʼp jihatdan gormonlar muvozanatiga bogʼliq. Ular biologik faol moddalar boʼlib, asosan, ichki sekretsiya bezlarida hosil boʼladi va organizm funktsiyalarini tartibga soladi. Yaʼni gormonlar butun tanaga tarqalib, aʼzo va toʼqimalar faoliyatini bir meʼyorda boshqaradi.

Misol uchun, kalьtsitonin va triyodtironin (T3) hamda tiroksin (T4) qalqonsimon bez gormonlari boʼlib, ularning birinchisi parafolekulalaridan ajralib, fosfor va kalьtsiy almashinuvini boshqaradi. Triyodtironin va tiroksin esa tananing yodga boʼlgan ehtiyojini qondiradi. Аynan ular qalqonsimon bezning barqaror ishlashiga xizmat qiladi.

Shuningdek, estrogen ' ayollik, testosteron ' erkaklik, adrenalin ' buyrak usti bezida ishlab chiqariladi. Yaʼni jinsiy gormonlar reproduktiv salomatlikni tartibga solsa, adrenalin vujudni stressga tayyorlaydi.

Insulin esa organizmdagi qand miqdorini bir meʼyorda ushlab turishga 'masʼul'. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariluvchi bu moddaning yetishmasligi qandli diabetni keltirib chiqaradi.

Kortizol ' stress, ochlik yoki toʼqlikni nazorat qiluvchi gormon ham deyiladi. U quyosh nurida koʼp yurish, kaloriyasiz, kam vitaminli taomlar yeyish oqibatida kamayib ketadi. Bu esa buyraklar faoliyatiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Аksincha koʼpayib ketishi buyraklarga ortiqcha bosim yuklaydi.

Gipofiz ' miya ichida joylashgan va tanadagi barcha gormonlar faoliyatini boshqaradi. Gormon ishlab chiqaruvchi aʼzolar va endokrin tizim bir-biri bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, zarurat boʼlmasa, ular faoliyatiga aralashish kerak emas.

Аmmo endokrin bezning yaxshi ishlamasligi gormonlar faoliyatiga ham salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bu holat koʼpincha turli xavfli oʼsmalar, nosogʼlom turmush tarzi, notoʼgʼri ovqatlanish, uyqusizlik va stress sabab yuzaga keladi', deydi mutaxassis.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 12:08
 
81
0
xs.uz

Samarqanda “Nexia-3” haydovchisi uxlab qolishi oqibatida ayanchli YTH sodir boʻldi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 'Nexia-3' haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 20-iyul kuni sodir boʻlgan. Shu kuni soat 6:00 larda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi hududidan oʻtgan 4R-54 avtomobil yoʻlida Ingichka-Kattaqoʻrgʻon yoʻnalishida ketayotgan 'Nexia -3' haydovchisi uxlab qolgan.Shundan soʻng mashina boshqaruvi yoʻqotilgan va yoʻlning oʻng tomon chetiga chi

19 Jul 12:08
 
80
0
qalampir.uz

Toshkentda “G‘alabaning 40 yilligi” avtobus bekati qulab tushdi (video)

Kecha, 18 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “G‘alabaning 40 yilligi” bekati qulab tushdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisaga bekatning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. Ma’lumot uch

29 Jul 16:13
 
108
0
qalampir.uz

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti taqsimoti tasdiqlandi

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111; Andijon viloyati – 183; Buxoro viloyati – 112; Jizzax viloyati – 81; Qashqadaryo viloyati – 193; Navoiy viloyati – 60; Namangan viloyati – 165; Samarqand viloyati – 227

03 Sep 21:35
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi

2-sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yigʻildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligini eʼlon qilgan va uni taraqqiyot yoʻliga olib chiqqan yetakchi ekanligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari Mustaqilli