calendar 03 Sep 21:35
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi

image
2-sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yigʻildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligini eʼlon qilgan va uni taraqqiyot yoʻliga olib chiqqan yetakchi ekanligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari Mustaqillik bayramidagi nutqida buning tarixiy ahamiyatini alohida taʼkidlab, shunday dedilar: 'Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik'.

Shunday qutlugʻ kunda davlatimiz mustaqilligi uchun kurashgan va unga xizmatlari singgan vatanparvar insonlar xotirasini minnatdorlik bilan yodga olishimiz tabiiydir. Birinchi Prezidentimiz tarixning tub burilish pallasida, ogʻir davrda mamlakatimizga rahbarlik qilgan edi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida Qurʼon tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholi turmushini yaxshilash borasidagi xizmatlari yodga olindi.

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham boʻlib oʻtgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 14:58
 
77
0
qalampir.uz

Narkotik va psixotrop moddalar aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi (video)

Qator viloyatlarda Qirg‘izistondan olib kelingan psixotrop moddalar va Tojikistondan olib kirilgan narkotik moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, DXXning Sirdaryo viloyati bo‘limi boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi Sardoba yo‘l patrul xizmati maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent-Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Jizzax vilo

19 Aug 07:03
 
15
0
xs.uz

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

Ish haqi dastlabki 3 oyda 1000 yevrodan bo'ladi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:Ish beruvchi tomonidan sug'urta amalga oshirilib, hujjatlar va ish ruxsatnomalari ro'yxatdan o'tkaziladi.'Fuqaro hisobidan esa quyidagilar talab etiladi:Quyidagi'havola'orqali ish o'rni bo'yicha to'liq ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish mumkin. Ro'yxatdan o'tish 16-avgust soat 18:10 dan 20-avgust soat 18:00 gacha davom etadi.

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

14 Aug 06:37
 
15
0
xs.uz

Bosh prokurorning iltimosnomasiga binoan xorijiy davlat sudining qarorini tan olishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodeksida xorijiy hamkorlikning bir qator tartiblari belgilanmoqda. Qayd etilishicha, endilikda xorijiy davlat sudining qarorini tan olish