calendar 26 Jul 14:58
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Narkotik va psixotrop moddalar aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi (video)

image

Qator viloyatlarda Qirg‘izistondan olib kelingan psixotrop moddalar va Tojikistondan olib kirilgan narkotik moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Sirdaryo viloyati bo‘limi boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi Sardoba yo‘l patrul xizmati maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent-Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi Cobalt rusumli mashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan. Natijada avtomashina yukxonasiga 3080 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirib qo‘yilgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, mazkur shaxsning jinoiy sherigi bo‘lgan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.

DXX xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan 2799 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 65 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Yana bir holatda, Farg‘ona tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasida belgilangan tartibni qo‘pol ravishda buzib, Qirg‘iz Respublikasidan 5600 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib o‘tgan vaqtida Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  “Toshkent-Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi Hazorasp tumanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi va uning yukxonasidagi maishiy konditsioner ichiga yashirib qo‘yilgan 1 kg 814 gr “opiy” moddasi tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Ushbu “ajal og‘usi” 1991 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan fuqaroga tegishli ekanligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va u konditsionerni qabul qilib olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 158 gr “opiy” va 1 kg 988 gr “gashish” moddalari olingan. Bundan tashqari, mazkur shaxsni giyohvandlik vositalari bilan ta’minlab kelgan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 1989 va 1991 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ham ushlanib, ulardan birining yashash xonadonidan 424 gr “opiy” moddasi olingan.

Ushbu holatda narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan olib kelinganligi aniqlangan.

DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahri tomon harakatlanayotgan Nexia rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan va Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan 4kg 861 gr “Pregabalin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi ma’lum bo‘lgan. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qabul qilib olgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan shaxs ushlangan.

Shuningdek, uning tanishlari bo‘lgan Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 va 1992 yilda tug‘ilgan 2 nafar ayol ham protsessual tartibda ushlanib, ulardan 1 kg 987 gr “Pregabalin” moddasi hamda 1342 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olingan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 17 yoshli narkotik kureri ushlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
15
0
xs.uz

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

Ish haqi dastlabki 3 oyda 1000 yevrodan bo'ladi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:Ish beruvchi tomonidan sug'urta amalga oshirilib, hujjatlar va ish ruxsatnomalari ro'yxatdan o'tkaziladi.'Fuqaro hisobidan esa quyidagilar talab etiladi:Quyidagi'havola'orqali ish o'rni bo'yicha to'liq ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish mumkin. Ro'yxatdan o'tish 16-avgust soat 18:10 dan 20-avgust soat 18:00 gacha davom etadi.

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

22 Jul 15:10
 
85
0
qalampir.uz

Chek so‘ragani uchun kaltak yegan bola Qudbiyev bilan uchrashdi (video)

Avvalroq, Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Bola O‘zbekiston Soliq qo‘mitasiga taklif qilindi. Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev 13 yoshli Shahbozning harakatidan so‘ng uning oldida “butun soliq markaziy apparati tikka tursa ham arzishi”ni aytganini ko‘rish mumkin. Qo‘mita raisi bolaning ota-onasiga minnatdorlik bildirib

26 Jul 10:21
 
32
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun