calendar 26 Jul 10:21
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.

Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun kunlari Anqara shahriga oliy darajadagi tashrif chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident matbuot kotibining xabar berishicha, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan'Koreya'Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol,'Moʻgʻuliston'Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux hamda'Vengriya'Bosh vaziri Viktor Orban kabilar ham samimiy tabriklab, davlatimiz rahbariga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
45
0
xs.uz

Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.

17 May 21:46
 
77
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

13 Jun 00:38
 
82
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev YXHTning amaldagi raisini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi.Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Oʻzbekiston bilan EXHT oʻrtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish m

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro viloyatida oʻtgan yilda umumiy qiymati 42,3 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 19,9 foizga, kichik biznesning sanoatdagi hissasi 41,2 foizga yetdi. Kimyo va neft, oziq-ovqat, yengil sanoat yoʻnalishlari yetakchi tarmoq vazifasini oʻtayapti. Joriy yil yakuniga borib, 48,6 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu oʻsish surʼati 105 foizni tashkil etishini an