Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan EXHT oʻrtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Milliy saylov tizimini modernizatsiya qilish, ommaviy axborot vositalari erkinligini taʼminlash, gender va yoshlar masalalari, 'yashil' kun tartibi boʻyicha tashkilot bilan konstruktiv hamkorlik rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqlim xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalariga eʼtiborni kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston-Finlyandiya munosabatlarining, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi kun tartibi batafsil koʻrib chiqildi.
Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, boʻlajak tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard
Oʻzbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi
Oʻzbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshligʻi Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Bildirilishicha, tadbir davomida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p
Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad