calendar 22 Jul 15:10
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Chek so‘ragani uchun kaltak yegan bola Qudbiyev bilan uchrashdi (video)

image

Avvalroq, Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Bola O‘zbekiston Soliq qo‘mitasiga taklif qilindi. Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev 13 yoshli Shahbozning harakatidan so‘ng uning oldida “butun soliq markaziy apparati tikka tursa ham arzishi”ni aytganini ko‘rish mumkin.

Qo‘mita raisi bolaning ota-onasiga minnatdorlik bildirib, do‘konda chek so‘raganida hammasini to‘g‘ri qilganini ta’kidladi.

“Ko‘pchilik chekni talab qilishni mayda-chuyda ish deydi. Yo‘q, bu mayda-chuyda narsa emas. Sening bitta chekingni orqasidan – o‘sha so‘raganingni orqasidan – Sirdaryodagi bog‘cha bor, maktab bor, yo‘llar bor, oylik bor, byudjet bor. Buning orqasida juda katta narsalar turibdi. Shuning uchun men sendan minnatdorman, Shahboz senga katta rahmat”, deydi Qudbiyev.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq bolaga tarsaki tushirgan sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.'Davlatlarimiz oʻrtasidagi str

26 Jul 16:29
 
84
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi YHXBB oʻtkazgan tenderni haqiqiy emas deb topdi. Endi nima boʻladi?

Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaga YHXBB tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlangʻich qiymati 26 milliard 500 million soʻm boʻlgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. Qoʻmita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan oʻrganishlarda tender savdolari yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgani aniqlangan.Ishni koʻrib chiqish natijasida, 'Raqobat toʻgʻrisida'gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Oʻzbekiston Respubli

23 Jul 11:35
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Germaniyadagi olimpiadada nemis tilidan oltin medal oldi

Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Rayona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen shahrida oʻtkazilgan jahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Olmoniyaning eng mashhur 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 15-22-iyul kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada 62 davlatdan yuzdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Rayona birinchi oʻrinni yolgʻiz oʻzi egallamadi, xususan, bangladeshlik Mahek Xon va Shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska ham oʻzbek qizi bilan b

26 Jul 10:20
 
40
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M