calendar 26 Jul 16:29
eye 87
comments 0
comments Manba: xs.uz

Raqobat qoʻmitasi YHXBB oʻtkazgan tenderni haqiqiy emas deb topdi. Endi nima boʻladi?

image
Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaga YHXBB tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlangʻich qiymati 26 milliard 500 million soʻm boʻlgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. Qoʻmita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan oʻrganishlarda tender savdolari yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgani aniqlangan.

Ishni koʻrib chiqish natijasida, 'Raqobat toʻgʻrisida'gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish boʻyicha qarorga kelindi.

Shuningdek, ushbu qonun buzilish holatiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikni belgilash masalasi ham koʻrib chiqiladi va jazo chorasi belgilanadi. 'Maʼlumot oʻrnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega', deyiladi qoʻmita xabarida.

Avvalroq, Parlament saylovlarining sanasi aniq boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 14:25
 
68
0
qalampir.uz

Prezident ta’tilga chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 26 iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga 2019 yil 5 avgustda chiqqan. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun – 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. Prezident o

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

26 Jul 10:20
 
41
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

03 Sep 21:35
 
8
0
xs.uz

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.Shuningdek, tadbirkorlik