calendar 26 Jul 10:20
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

image

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi. 

Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “Muruvvat” internat uyi, Andijon tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga amalga oshirilgan monitoringlar davomida 3 nafar xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 35 nafar xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan va 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 2-son ruhiy asab kasalliklari dispanseri va Farg‘ona viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasining 6 nafar, Qashqadaryo viloyatidagi shahar, tuman vaqtincha saqlash hibsxonalarida faoliyat yurituvchi 9 nafar ichki ishlar organlari  xodimlariga nisbatan intizomiy  jazo chorasi qo‘llanilgan. Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanserining 1 nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan.

Ombudsman nomiga 2024 yil 1-yarim yilligida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan 95 ta shikoyat kelib tushdi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davrida 125 tani tashkil etgan.

Shikoyatlarning 8 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsman murojaatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi belgilangan. 35 tasi esa o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmadi. Ombudsmanning nazorat xatiga ko‘ra, 1 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

52 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
46
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari

11 Jul 15:12
 
50
0
xs.uz

3 milliard soʻmdan 500 AQSH dollarigacha: DXX mansabdorlar bilan bogʻliq korrupsiya holatlarni aniqladi

Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi 2023-yilning may oyidan 2024-yilning may oyiga qadar ushbu korxonada elektr energiyasi oqimini hisobga olish va nazorat qilish muhandisi vazifasida ishlab kelib, savdo faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan MCHJning elektr energiyasidan 202 million 500 ming soʻmlik qarzdorligini tanishlari orqali hisobdan chiqartirib berish evaziga 90 million soʻm talab qiladi. U 2023-yilning iyun dekabr oylari davomida tadbirkordan jami 78 million soʻm

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Quyidagilar tasdiqlandi:● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; ● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.Shaharsozlik sohasidagi nizo