calendar 11 Jul 15:12
eye 52
comments 0
comments Manba: xs.uz

3 milliard soʻmdan 500 AQSH dollarigacha: DXX mansabdorlar bilan bogʻliq korrupsiya holatlarni aniqladi

image
Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi 2023-yilning may oyidan 2024-yilning may oyiga qadar ushbu korxonada elektr energiyasi oqimini hisobga olish va nazorat qilish muhandisi vazifasida ishlab kelib, savdo faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan MCHJning elektr energiyasidan 202 million 500 ming soʻmlik qarzdorligini tanishlari orqali hisobdan chiqartirib berish evaziga 90 million soʻm talab qiladi. U 2023-yilning iyun dekabr oylari davomida tadbirkordan jami 78 million soʻm oladi, ammo, vaʼdasini ustidan chiqmasdan, yaʼni, qarzdorlikni bazadan oʻchirtira olmasdan, barcha olgan pullaridan dastlabki 3 million soʻmni uchinchi shaxs orqali qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ikkinchi holat, Toshkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari oʻzining mansabdor tanishlari orqali Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan 'Yangi Namangan shaharchasi'ni ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Kosonsoy shahridagi suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyihasini tender savdolarida yutib berish evaziga tadbirkordan 4 milliard soʻm talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari ushbu noqonuniy ishga aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlangani qayd etilgan.

Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik boʻlinmasi katta tezkor xodimi Karmana tumanida yashovchi fuqaroning plastik kartasidan 62 million soʻm pul mablagʻini noqonuniy yechib olgan shaxslarni aniqlab berish evaziga 600 AQSH dollari talab qiladi. Bunday holatlarni fosh etish katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsada, u jabrlanuvchidan soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda, Yangiyer shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori probatsiya nazoratida turgan, joriy yilning fevral oyida sud hukmiga asosan JKning 168-moddasi 3-qismi 'b' bandi bilan aybli deb topilib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxsni jazoni Yangiyer shahrida oʻtamaslik, Toshkent shahrida erkin tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun yordam berish, yashash manzilini tekshirmaslik hamda chora koʻrmaslik evaziga Yangiyer shahridan 2 xonali uyni sotib olib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi berishini talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda katta inspektor 400 AQSH dollari hamda 1 million 260 ming soʻmni oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

'Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 11:27
 
57
0
xs.uz

Qarshidagi televizor zavodida yirik yongʻin sodir boʻldi

Maʼlum qilinishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 18.00 larda Qarshi shahar FVBga 'ALP TEXNO SERVIS' xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat taxminan 20:10 larda toʻliq oʻchirilgan.Yongʻin oqibatida MCHJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar koʻrgan. Oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natij

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 larda tumandagi “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 891-892-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N o‘zining La

03 Sep 21:34
 
9
0
xs.uz

Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 'Nexia-3' toʻxtab turgan 'Damas'ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. 'Nexia-3' avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan 'Damas' bilan toʻqnashganYTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib,

20 Jul 17:35
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada harakatdagi mashinadan sakragan yigitni boshqa mashina bosib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarida yurib ketayotgan avtomashinadan tushib ketgan yigitni boshqa mashina bosib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 16-iyul kuni Fargʻona shahar Qirguli mavzesi Shifokorlar koʻchasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi 'Damas' rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning