Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Germaniyadagi olimpiadada nemis tilidan oltin medal oldi

Maʼlum qilinishicha, 15-22-iyul kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada 62 davlatdan yuzdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Rayona birinchi oʻrinni yolgʻiz oʻzi egallamadi, xususan, bangladeshlik Mahek Xon va Shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska ham oʻzbek qizi bilan bir xil natija koʻrsata olishgan.
Gyote Instituti tomonidan oʻtkazilgan turnirda kumush va bronza medallari Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniyadan kelgan ishtirokchilarga nasib qilgan. Final bosqichida 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Ibrohimova turli vazifalarni, jumladan, nemis tilida onlayn sahifa yaratish, taqdimotlar oʻtkazish va guruh bilan ishlashda muvaffaqiyat qozonib, hakamlar eʼtirofiga sazovor boʻla olgan. '16 yoshli Rayona Germaniyadagi universitetlardan birida nemis tilini oʻrganishni va tarjimon boʻlishni rejalashtirmoqda', deyiladi xabarda.
Butunjahon nemis tili olimpiadasi har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi va u butun dunyo boʻylab maktablarda nemis tilini oʻrganishni rivojlantirishga qaratilgan dastur hisoblanadi.
Avvalroq, Prezident qarori bilan Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi
'Uzbekistan Airways' Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytari
Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi
2025-yil 2-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv chogʻida elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyati sarhisob qilinib, uning soʻnggi toʻrt yil davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi alohida eʼtirof etildi.Muloqot davomida parlamentlararo h
Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
Qarorga koʻra, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi 'Oʻrmontexnoservis' davlat unitar korxonasi negizida 'Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi' davlat muassasasi tashkil etiladi.Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi 'Aqlli oʻrmon xoʻjaligi' (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:
Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta