Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuv chogʻida elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyati sarhisob qilinib, uning soʻnggi toʻrt yil davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi alohida eʼtirof etildi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlik, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishda muhim omil boʻlib xizmat qilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, parlamentlar oʻzaro muloqotni kuchaytirishda tobora muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya xalqlarining manfaatlari yoʻlida konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish borasida kelishib oldilar. Mazkur uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda G'alaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sadi
16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik
Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi
Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet
Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko